1- ma’ruza kirish


  Bevosita  va  bilvosita  qizish.  Qarshilik  elektr  pechlari  va  qurilmalari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#221228
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Bog'liq
18-Ma'ruza

3.3.  Bevosita  va  bilvosita  qizish.  Qarshilik  elektr  pechlari  va  qurilmalari.
 
Qizdiruvchi elementlar - bilvosita qarshilik usulida issiqlik ishlovi beruvchi 
qurilmalarning  asosiy  ishchi  qismi  ‗isoblanib,  elektr  energiyasini  issiqlik 
energiyasiga  aylantirib  berish  uchun  xizmat  qiladi.  Qizdiruvchi  elementlarga 
quyidagi  talablar  qo‗yiladi.  Ular  yuqori  darajadagi  haroratda  turg‗un  (yuqori 
haroratlarda  oksidlanmaslik  xususiyatiga  ega),  yuqori  darajadagi  haroratlarda 
bikirlik ( yuqori haroratlarda o‗z xossalarini yo‗qotmaslik xususiyatlariga ega ) va 
ular  yuqori  darajadagi  haroratlarda  ishlov  beriluvchanlik  kabi  xususiyatlarga  ega 
bo‗lishlari kerak. SHuningdek, ular yuqori solishtirma qarshilikga ega bo‗lishlari, 
qarshilikning  kichik  harorat  koeffitsientiga  va  o‗zgarmas  elektr  qarshiligiga  ega 
bo‗lishlari kerak. 
 
Haroratiga qarab qizdiruvchi elementlar quyidagilarga bo‗linadi: 
- past harorat qizdiruvchi elementlari  - 500 - 700 K;         
- o‗rta harorat qizdiruvchi elementlari - 900 - 1200 K; 
- yuqori harorat qizdiruvchi elementlari - 2500 - 3300 K. 
 
Qidiruvchi  elementlar  asosasn  tarkibiga  bir  necha  metall  kirgan 
qorishmalardan  yasaladi.  Misol  uchun  nixrom    deb  ataluvchi  qorishma  tarkibiga 
(75 - 85) % nikel, (22-27)% xrom va boshqa qo‗shilmalar kiradi, yoki  fexral’  deb 
ataluvchi o‗tkazgich tarkibi 13% gacha xrom, 4% gacha alyuminiy va 83% gacha 
temirdan iboratdir. Titan, bor va boshqa legirlovchilar qo‗shish orqali qizdiruvchi 
elementlarning ishchi haroratini ancha ko‗tarish mumkin.  
 
Konstruksiyasiga  ko‗ra  qizdiruvchi  elementlar  (keyinchalik  q.e)  -  ochiq 
konstruksiyali q,e larga va yopiq konstruksiyadagi q,e larga bo‗linadi. O‗z o‗rnida 
ochiq  konstruksiyadagi  q,e  lar  -  kesim  yuzasi  doira  shaklidagi  o‗tkazgichdan 
yasalgan  spiralsimon    va  zig-zag  ko‗rinishdagi  hamda  kesim  yuzasi  to‗g‗ri 
to‗rtburchak (kvadrat) lenta ko‗rinishdagi zig-zag simon q.e larga bo‗linadi. 
 
YOpiq  konstruksiyadagi  q.e  lar  toifasiga  past  haroratlarda  ishlovchi 
trubkasimon q.e lar (TEN lar) kiradi.  
 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling