1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Elektr texnologiya uskunalari va qurilmalari rivojining tarixi va istiqboli. Xozirgi zamon sanoat va qishloq xo’jaligidagi tutgan o’rni va uni
- Elektrotexnologiya asoslari
1 1- MA’RUZA Kirish. Reja 1.1. Elektr texnologiya uskunalari va qurilmalari rivojining tarixi va istiqboli. Xozirgi zamon sanoat va qishloq xo‘jaligidagi tutgan o‘rni va uni rivojlanishining asosiy yo‘nalishi. 1.2. Elektr texnologik qurilma va tizimlarni vazifasi, klassifikatsiyasi va ularga qo‘yiladigan talablar. 1.3. Bu sohada rivojlangan mamlakatlarning olimlarini olib borayotgan ilmiy- tadqiqot ishlari va ularning amaliyotda qo‘llanilishi. 1.1. Elektr texnologiya uskunalari va qurilmalari rivojining tarixi va istiqboli. Xozirgi zamon sanoat va qishloq xo’jaligidagi tutgan o’rni va uni rivojlanishining asosiy yo’nalishi. Elektr energiyasini istemol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning uzida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar Elektrotexnologiya asoslari deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning tarkibiga ishchi organ, ya‘ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron tup, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta‘minlovchi yoki mikroprotsessorli texnika yordamida boshkariluvchan maxsus energiya manbaalari kiradi. Suv, gaz ta‘minlash va vakkum hosil qilish xamda uni saklash tizimlari esa Elektrotexnologiya asoslari tarkibiga yordamchi jixoz sifatida kiradi. Elektrotexnologik qurilma kanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas. Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro‘zg‘or e‘tiyojlari Elektrotexnologiya asoslari bilan tobora tuyinib bormokda. Bunday tuyinish fakatgina mazkur qurilmalarga bo‗lgan e‘tiyojning usishi bilangina asoslanib kolmasdan, balki uglevodorodli yokilgi tan narxining ma‘lum darajada oshishi, tashki muxitni muxofaza qilish buyicha anik choralar belgilash zaruriyati, chikindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan xam boglikdir. Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yukori quvvatli elektr tarmoklarini kurish orkali amalga oshiriladi. Elektrotexnologiyaning tobora takomillashib borishi yukori bikrlikga ega bo‗lgan, katta mikdordagi issiklikga bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv ta‘siriga turgun bo‗lgan va kichik issiklik utkazuvchanlikga xamda yukori darajadagi izolyasion xususiyatga ega bulish kabi yangi xossalarga ega bo‗lgan yangi materiallar ishlab chikish imkoniyatini beradi. Elektrotexnologik jarayonlar yordamida sifatli utkazgich va yarim utkazgichlar uchun materiallar, shuningdek eski texnologiyalar yordamida ilgari olib bulmagan va ishlab chikish chikindilaridan xamda ishlatib bulmaydigan xom-ashyolardan turli materiallar ishlab chikish yulga kuyilgan. Kuplab sanoat tarmoklari va fanda erishilgan yutuklar elektrotexnologik jarayonlar rivojiga kura erishilmokda. 2 Elektrotexnologik jarayonlarni takomillashtirib borilishi natijalariga kura eng dikkatga sazovor bo‗lgan yutuklar, ayniqsa mikroelektronika soxasida kuzga tashlanadi. Radiotexnik jixozlar, elektron xisoblash mashinalari xamda sanoatdagi boshkariluvchan komplekslar tarkibida yuz minglab, ayrim xollarda esa unlab million elementlarni minglab tutashma bilan birlashtiruvchi tizimlar mavjud. Agarda mazkur tizimlar bundan 40 - 50 yil mukaddam foydalanilgan eski texnologiyalar yordamida yaratilganda edi, bunda yukoridagi qurilmalar massalari unlab tonnani, xajmlari unlab kub metrni va iste‘mol quvvatlari yuzlab kilovattni tashkil kilgan bular edi. Xozirgi kunda ―yuzalarga plazmali ishlov‖ orkali yuzalarga koplama yoki katlam berishini joriy etilishi ionli - nurli legirlash, plazmali travlenie, lazerli payvandlash, fotolitografiya kabi ishlov berish usullaridan foydalanish, xamda Elektrotexnologiya asoslari yordamida olingan yangi materiallarni kullash okibatida tarkib jixatidan yangi bo‗lgan mikroelektron elementlar va jixozalar yaratilmokda. Elektron mikrosxemalarni konstruksiyalash va tayyorlashning yangi va sifatli usullari ishlab chiqildi. Bunda birgina texnologik jarayonning uzida mikronlarda ulchanuvchan xajmdagi yarim utkazuvchanlikka ega bo‗lgan kristall yoki dielektrik yuzada barcha aqtiv, passiv va tutashtiruvchi elementlar uzaro birlashtirilishi amalga oshiriladi. Mikrosxema tarkibiga kiruvchi elementlar (tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar, rezistorlar va boshkalar ) xech kanday tashki tutashmaga ega bulmagan xolda, mexanik kuchlar va tashki muxit ta‘siridan saklovchi umumiy germetik koplamaga ega va yuzlab mikroelementlarni shunday tartibda uzida mujjasamlashtirgan, yagona korpusga ega bo‗lgan mikrosxemalar uz navbatida komplekslar tarkibiga kiradi. SHu sababli mikrokalkulyator va mikrotelevizorlar bilan ta‘minlangan mini - kul soatlari, kichik gabaritli rangli televizorlar, katta eslash kobiliyatiga ega va yukori tezlikda matematik amallarni bajaruvchi E M lar biz uchun oddiy bir qurilmalar va jixozlarday bulib koldi. Sanoatning samolyotsozlik va avtomobilsozlik soxalarida kontaktli payvandlash usulini joriy etilishi, yigish ishlarini yukori darajada mexanizatsiyalashga va okibatda transport vositalarini tezkor ususlda tayyorlashga olib keldi. Yuqori sifatli metallarni olishda elektroshlakli qayta eritish jarayonining tadbik etilishi muxim axamiyat kasb etgan. Elektrotexnologik jarayonlar, ayniqsa yangi tavsiya etilayotgan elektrotexnologik jarayonlar juda qisqa muddat ichida laboratoriyalar sinovidan fanga, texnikaning turli yunalishlariga, uy ro‘zg‘or va ishlab chikarishga joriy etilmokda. Bu ayniqsa elektr energiyasiz amalga oshiriluvchan yoki elektr energiyasidan foydalanish cheksiz katta foyda keltiruvchi jarayonlarga taaluklidir. Fizika va elektrotexnikaning rivojlanishi elektr yoki magnit maydonida ishlov berayotgan modda yoki materiallarning shu maydonlar ta‘siridagi xossalariga asoslangan texnologik jarayonlarni ishlab chikarishga tavsiya etish imkonini bermokda. Masalan, dielektriklar polyarizatsiyasi, elektromagnit induksiyasi konuniyatlari asosida xozirgi kunda tayanch texnologik jarayonlardan xisoblangan, govak va parashok kurinishdagi tok utkazmaydigan materiallarni yukori chastotali 3 qurilmalarda kuritish, induksion usulda materiallarni kizdirish va eritish kabi texnologik jarayonlar ishlab chikilgan va keng kulamda kullanilmokda. Ma‘lumki, moddalar turt xil agregat xolatda bulishlari mumkin - kattik, suyuk, gaz va plazma xolatlarida. Qattiq xolatdagilar, bular – o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar, metallar va nometallar (metall emaslar), kristal va amorf moddalar. Suyuk xolatdagilar, bular - utkazgichlar (metallar, tuzlar, ishkorlar va oksidlar eritmalari), dielektriklar (mineral va organik), maxsus kurinishdagilar, bular - suyuk kristallar. Gaz xolatdagilar, bular - murakkab aktiv moddalar bulib ular oddiy moddalar bilan birikkan xolda keyinchalik kondensatsiya usuli bilan ajralib chikadigan tayyor maxsulot xisoblanuvchi boshka birikmalar hosil kiluvchi sistemalarni tashkil kiladi. Plazma xolatidagilar, bular - ionlar darajasidagi transport jarayonlari va almashuv reaksiyalarini ta‘minlovchi elektr utkazuvchan muxitlar bulib, nurlanish energiya manbai sifatida va moddalar xamda anik maxsulotlarni kizdirish vositasi xisoblanadi. Elektr va magnit maydonlari, maydon kuchlanganligi katta diapazonda uzgarishi mumkin bo‗lgan, doimiy yoki vakt va fozoda tez uzgaruvchan kurinishlarda buladi. Agregat xolatining xoxlagan ma‘lum bir turida bo‗lgan modda xamda elektr yoki magnit maydonlari yordamida juda kup kurinishdagi jarayonlarni bajarish mumkin, masalan, moddalar ( materiallar ) xaroratini, formasini, tarkibini, tuzilishini, turli yunalishlardagi xossalari va boshka shu kabilarni uzgartirish mumkin. Kuplab texnologik jarayonlarni bajarish uchun muljallangan va individual tartibida yoki seriyali ishlab chikarilayotgan Elektrotexnologiya asoslari uziga xos tartibida sistemalashtirilgan. Ular, asosan turli sharoitlarda namoyon buluvchi, elektr toki va magnit maydonining pirovard ta‘siriga kura guruxlarga bulingan. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling