1- ma’ruza kirish


ko’rsatkichlari va tavsiflari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#221228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
18-Ma'ruza

ko’rsatkichlari va tavsiflari. 
 
Magnit  maydon —  harakatlanayotgan  elektr  zaryadlarga  va  magnit 
momenpish  jismlarga  taʼsir  qiladigan  kuch  maydoni.  M.  Faradey  birinchi  marta 
1845 yilda fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham 
yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit 
maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi Magnit 
maydon  oʻzgaruvchi  elektr  maydon  bilan  uzviy  bogʻlangan.  Magnit  maydon 
harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar 
atrofida  hosil  boʻladi  (rayemga  q.).  Elektr  toki  hosil  qiladigan  Magnit  maydon 
Bio—  Savar  —  Laplas  qonuniga,  Magnit  maydon  ning  elektr  tokiga  taʼsiri  esa 
Amper qonunita asosan aniqlanadi. 
Magnit  maydon  mikrodunyo  hodisalarida,  kosmik  obʼyektlarda  ham 
kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning 
magnit  momentga  ega  boʻlishligiga,  harakatlanuvchi  elektr  zaryadiga  Magnit 
maydon  koʻrsatadigan  taʼsirga  bogʻliq.  Bular  esa  moddalardagi  paramagnetizm, 
diamagnetizm, 
ferromagnetizm, 
antiferromagnetizm, 
magnit 
rezonans, 
magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi. 
Harakatlanuvchi  elektr  zaryadi  Magnit  maydon  da  tekis  aylanma  (vint  chizigʻi 
boʻyicha) harakat qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning 
harakat  yoʻnalishi  qarama-qarshisiga  oʻzgarishi  mumkin.  Magnit  maydonning 
bunday joylari magnit koʻzgular deyiladi. Magnit maydon taʼsirida atom ichidagi 
elektronlar  qoʻshimcha  harakat  qiladi.  Atomning  nurlanishi  Magnit  maydon 
taʼsirida  oʻzgaradi  (qarang Zeyeman  effekti).  Jismda  tarqaluvchi  yorugʻlikning 
qutblanish tekisligi Magnit maydon taʼsirida maʼlum burchakka buriladi (Faradey 
effekti). Yer, Quyosh singari koʻpgina moddiy sistemalar Magnit maydon ga ega. 
Quyosh dogʻlari kuchli Magnit maydon bilan bogʻlangan. Quyoshdagi oʻzgarishlar 
natijasida  Yer  Magnit  maydonning  kuchli  gʻalayonlanishi  —  magnit  boʻronlari 
hosil  buladi.  Kosmosni  oʻzlashtirish,  yadrolarni  sintez  qilish,  plazma  fizikasi  va 
boshqa  sohalardagi  fan  va  texnika  masalalari  Magnit  maydon  ni  oʻrganish  bilan 
bogʻliq. Magnit maydon, asosan, kucheiz (500 Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs 
gacha),  kuchli  (40  kGs  dan  1  MGs  gacha)  va  oʻta  kuchli  (1  MGs  dan  yuqori) 
xillarga  boʻlinadi.  Kuchsiz  va  oʻrtacha  Magnit  maydondan  elektronika, 
elektrotexnika  radiotexnikada,  shuningdek,  500  Gs  dan  40  kGs  gacha  boʻlgan 
Magnit  maydondan  zaryadli  zarralar  tezlatkichlari,  Vilson  kamerasi,  pufakli 
kamera,  mass-spektrometr  kabi  kurilmalarda  foydalaniladi.  Kuchli  va  oʻta  kuchli 
Magnit 
maydon, 
asosan, 
qattiqjismlar 
fizikasida, 
ferromagnetizm 
va 



 
antiferromagnetizm  xossalarini  oʻrganishda,  magnitogidrodinamik  generator  va 
boshqalarda  ishlatiladi.  Kuchsiz  va  oʻrtacha  Magnit  maydon  doimiy  magnitlar, 
elektr  magnitlar,  oʻta  oʻtkazuvchi  magnitlar,  solenoidlar  (elektr  toki  utkazgichi) 
yordamida, kuchli Magnit maydon yoʻnaltirilgan portlatish usulida olinadi (oxirgi 
usulda  mis  quvur  ichida  oldindan  kuchli  impulyeli  Magnit  maydon  hosil  qilinadi 
va u kuchli portlashning radial bosimiga duchor qilinadi). 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling