1- ma’ruza kirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
10- MA’RUZA
Elektr mexanik jarayonlar va qurilmalar. Reja 10.1 Metallarni magnit impuls usuli bilan qayta ishlashning asoslari. 10.2 Magnit impuls qurilmalar. 10.1 Metallarni magnit impuls usuli bilan qayta ishlashning asoslari. Magnit qurilmalar va ularni qo‘llash. Magnit qurilmalari oziq-ovqat va boshqa materiallarni ferromagnit qo‗shilmalardan tozalash, suvga magnit bilan ishlov berish, magnitoabraziv silliqlash va tekislash, issiqlik almashadigan apparatlarni cho‗kmalardan tozalash va boshqa ishlar uchun keng qo‗llaniladi. Materiallarga magnitli impulslar bilan ishlov berish intensiv kiritilmoqda: detallarga shakl berish, ularni qisish, yig‗ish, teshiklarni chopish, elektr payvandlash va boshqalar. Materiallarni ferromagnit qo‗shilmalardan tozalash yuqori sifatli maxsulot olish uchun va texnika havfsizligi talablarini bajarish uchun, metall qismlarni ishlov berish mashinalarini ishchi organlariga tushishini oldini olish, portlash xavfi bor muxitlarda uchqun bo‗lishini oldini olish va boshqalarga imkon beradi. Bu maqsadlarda oziq-ovqat, kimyo, to‗qimachilik, tog‗ va sanoatni boshqa soxalaridagi xomash‘yo va maxsulotlarni uzatadigan transport va oqim liniyalarida magnit ushlovchilar o‗rnatiladi, ular doimiy magnitlar yoki doim ishlaydigan magnit separatorlardir. Konstruksiya bo‗yicha doimiy taqasimon magnitli magnit 58 ushlovchilar eng oddiydir Ushlovchi qism qator taqasimon magnitlar shaklida bo‗lib material uzatuvchilarga, mustaqil oqizadigan trubalar, dozatorlar tagidagi konuslar va boshqalarda o‗rnatiladi. Magnit ushlagichlar qator kamchiliklarga ega, masalan, magnitlarga yopishgan ferromagnit qo‗shilmalarni qo‗lda tozalashga to‗g‗ri keladi. Doimiy magnitlarni tortish kuchi etarli emas, bu kuch ishlagan sari kamayib boradi. SHuning uchun magnitlarni davriy tekshirish va yuk ko‗tarish imkonini tiklash uchun magnitlash zarur bo‗ladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling