Tayanchso'zlar va iboralar
Ob'yekt obrazi, tizim, nimtizim, elementlar, ierarxik darajalar, loyihalash ob'yektlarini abstraktsiyalash darajalari, pasayuvchi loyihalash, ko'tariluvchi loyihalash, texnikaviy ob'yektning matematik modeli, solinganlik (vlojennost).
4.1. Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari
Texnikaviy ob'yektai loyihalash qabul qilingan shaklida ushbu ob'yekt obrazini yaratish, qayta o'zgartirish va taqdim etish bilan bog'liq. Ob'yekt obrazi yoki uning tarkibiy qis mlarining obrazi ijodiy jarayon natijasida inson tasavvurida yaratilishi yoki inson va EHMlaming o'zaro ta'siri jarayonida qandaydir algoritmlar bo'yicha paydo bo'lishi mumkin. Istalgan holda, qandaydir texnikaviy buyumni olish uchun jamiyat ehtiyojini aks ettiruvchi loyihalash uchun topshiriq mavjudligida loyihalash boshlanadi. Topshiriq u yoki bu ko'rinishda taqdim etiladi. Loyihalash natijasi vazifasini, odatda, berilgan sharoitlarda ob'yektai tayyorlash uchun yetarli ma'lumotlarga ega bo'lgan hujjatlaming to'la komplekti bajaradi. Bu hujjataoma ob'yektning natijaviy bayonini ifodalaydi.
Birlamchi bayon natijaviy o'zgartirish oraliq bayonlami tug'diradi, oraliq bayon - bu loyihalashni tugatishni yoki uni davom ettirish yo'lini tanlash maqsadida ko'riladigan naisadir.
Informatsiya nuqtai nazaridan loyihalash-bu loyihalash ob'yekti, ko'rilayotgan jabhadagi bilimlaming holati, maqsadi (vazifasi)o'xshash bo'lgan ob'yektlami loyihalash tajribasi haqidagi kimvchi informatsiyani ma'lum shaklda bajarilgan va ob'yektai buyumda realizatsiya qilish uchun uning bayoni keltirilgan loyihaviy-konstruktorlik yoki texnologik hujjataorfia ko'rinishidagi chiquvchi informats iyaga aylantirish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |