Tashqi va ichki loyihalash. Pasayuvchi loyihalashda ^-ierarxik darajadagi elementlarni ishlash uchun TT ta'rifi ushbu darajadagi loyihaviy protseduralarga kiradi. Yuqori ierarxik darajadagi tizim yoki ko'p qo'llanishlarga mo'ljallangan unifikatsiyalashgan elementlar tizimi uchun TT ishlash boshqacha bo'ladi. Bu yerda TT ishlash loyihalashning mustaqil bosqichi bo'ladi va ko'pincha tashqi loyihalash deb ataladi. TTning ta'riflari bo'yicha ob'yektni loyihalash bosqichlari, undan farqli ravishda, ichki loyihalash deyiladi.
Tashqi loyihalashning asosi-texnikaning zamonaviy holatini, texnologiyaning imkoniyatlanni to'g'ri hisobga olish hamda ob'yektning hayotiy siklidan kam bo'lmagan vaqt davomida ularning rivojlanishini to'g'ri prognoz (bashorat) qilishdir. Texnologik omillar bilan bir qatorda iqtisodiy ko'rsatkichlarni loyihalash va tayyorlashning narxi va muddatlarini ham hisobga olish zarur. Masalaning holati va ilmiy-texnikaviy progress istiqbollarini o'rganish (tadqiqot qilish) asosida ekspertlar guruhi tizimga TTning birlamchi variantini shakllantirishadi. Shakllantirilgan TT bajarila olishini baholash va uni tuzatish bo'yicha tavsiyalar ichki loyihalash protseduralari yordamida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |