1 -ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi


Download 0.6 Mb.
bet38/46
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#224577
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
2 маъруза матни

Obektlarni tanlash

Obektlar ustida tahrirlash buyruqlarini bajarish uchun oldin ularni tanlash (belgilash) kerak. AutoCAD programmasida ob’ektni yaratish va tahrir qilish buyruqlarining ko’pchiligida bir yoki bir nechta ob’ektni tanlash mumkin. Ob’ektni tanlashda buyruqlar qatorida quyidagi yozuv paydo bo’ladi:



Vыberite ob’ektы (Select objects):

Ob’ektni tanlash buyrug‘i faol bo’lganda AutoCAD programmasi kursorning ko’rinishini kichkina to’rtburchak bilan almashtiradi.

Agar birdan ortiq ob’ektni tanlash tanlash mumkin bo’lsa, ob’ektni tanlagandan keyin bu yozuv yana paydo bo’ladi. Tanlash buyrug‘ini yakunlash uchun “Enter” tugmasi bosiladi.

Ob’ektni tanlashning bir qancha usullari mavjud bo’lib, ularning hammasini ko’rish uchun buyruqlar qatoridan “Vыberite ob’ektы” yozuvidan keyin “?” belgisini kiritish va “Entertugmasini bosish kerak. Tanlash buyrug‘ini bekor qilish uchun “Shifttugmasini bosib turib, kursorni ob’ektga keltirib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.



Birdan ortiq ob’ektni tanlashning eng qulay usullaridan “Ramka(Window) va “Peresecheniye(Crossing) rejimlaridir.

Ramka(Window) rejimida tanlashda “Vыberite ob’ektы” yozuvi paydo bo’lganda, ob’ekt (yoki ob’ektlar guruhi) ramka ichiga olinadi. Bunda kursor ramkaning chap tomondagi birinchi nuqtasidan o’ng tomonga harakatlantiriladi va buyruqning “Protivopolojnыy ugol” so’roviga o’ng tomondagi ikkinchi nuqta belgilanadi. Bu rejimning tanlash ramkasi uzluksiz chiziq bilan chiziladi va ramka ichida to’liq joylashgan ob’ektlar tanlanadi, ramkadan tashqariga chiqib turadigan qismlari bor ob’ektlar esa tanlanmaydi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling