1 -ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi
Download 0.6 Mb.
|
2 маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuterli loyihalash‖ kursining predmeti ALTni yaratish prinsiplari Texnikaviy obyektni loyihalash
1 -Ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi: Kompyuterli loyihalash‖ kursining predmeti. Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi (ALT) ta‘minoti turlarining komponentlari. Tayanch so’zlar va iboralar Kompyuterli loyihalash‖ kursining predmeti ALTni yaratish prinsiplari Texnikaviy ob'yektni loyihalash ushbu ob'yekt obrazini qabul qilingan forma (shakl)da yaratish, qayta o'zgartirish va tasvirlab berish bilan bog'liq. Ob'yekt yoki uning tarkibiy qismining obrazi inson tasawurida ijodiy jarayon natijasida yaratilishi yoki inson va EHMlaming o'zaro ta'siri jarayonida ba'zi algoritmlar bo'yicha yuzaga kelishi (reHepHpoBaTbca)mumkin. Loyihalash - loyihalash uchun topshiriq bo'lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo'lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar ko'rinishida bo'ladi va ob yektning birlamchi bayoni vazifesini bajaradi. Loyihalash natijasini, odatda, ob'yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun yetarli ma'lumotlami jamlagan hujjatlaming to'liq komplekti o'taydi. Bu hujjatlar ob yektning natijaviy bayoni bo'ladi. Loyihaviy yechimlaming hammasi yoki bir qismi ins on va EHM laming o'zaro ta'siri y o'li bilan oiinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa, avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi.
ALTni yaratish uchun: matematik metodlar hamda hisoblash texnikasi vositalarini qo'llash asosida loyihalashni takomillashtirish; izlash, ishlov berish va informatsiya (ma'lumot)ni chiqarish jarayonlarini avtomatlas htirish; optimallashtirish va ko'p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish; loyihalanayotgan ob'yektlar, buyumlar va materiallaming matematik modellarini samarali qo'llash; ob'yektlami avtomatlashtirilgan loyihalash uchun zarur bo'lgan, ma'lumotnoma tavsifidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlarga ega ma'lumotlarbankini yaratish; loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiy las htirish) siratini oshirish; ijodiy bo'lmagan ishlami avtomatlas htirish hisobiga loyihalovchilarmehnatining ijodiy ulushini oshirish; loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish; ALT sohasidagi mutaxass is lami tayyorlash va qayta tayyorlash; loyihalovchi bo'iimlaming turli darajadagi hamda vazifesi har xil bo'lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) - avtomatlashtirilgan loyihalashni bajanivchi loyihalovchi tashkilot yoki mutaxassislar jamoasi bilan bog'langan avtomatlashtirilgan loyihalash vositalarining majmuidir. ALT texnikaviy vositalar hamda matematik va dastiiraviy ta'minlashni birlashtiradi; matematik va dasturaviy ta'minot muhandislik loyihalash va konstruksiyalash masalalarining xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda tanlanadi.ALTda muhandisning EHM bilan operativ bog'lanishi vositalari, maxsus muammoli-yo'naltirilgan tillar va informatsion-ma'lumot bazasi qo'llanilishi hisobiga dasturlardan foydalanish qulayligi ta'minlanadi. ALTning asosiy vazifasi - ob'yekt va uning tarkibiy qismlarini loyihalashni avtomatlashtirilgan tarzda bajarishdir. ALT va uning tarkibiy qismlarini yaratishda tizimiy birlik, bir-biriga mos kelish, tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga boiish hamda rivojlanish prinsiplariga amal qilish lozim. Tizimiy birlik prinsipi Loyihalanayotgan ob'yektning alohida elementlari va ob'yektni to'liq loyihalashda tizimning bir butunligini va tizimiy «yangilik»ni ta'minlaydi. Bir-biriga mos kelish prinsipi ALTning tarkibiy qismlarining birgalikda ishlashini ta'minlaydi va ochiq tizimni bir butunlikda saqlaydi. Tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bo'lish prinsipi ALTning tipiklashgan va unifikatsiyalashgan elementlarini yaratish va ulardan foydalanishga e'tiborini qaratadi. Rivojlanish prinsipi ALT asosiy qismlarining to'Idirib borilishini, takomillashtirilishini va yangiianib borishini hamda darajasi va funksional vazifasi turlicha bo'lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan birgalikda ishlashini ta'minlaydi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling