2,3,4-Amaliy mashg’ulot. Standartlashtirish tizimi. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligida standartlashtirish. Standartlashtirish ishlarini tashkil etish
Download 145.35 Kb. Pdf ko'rish
|
2,3,4-Amaliy.
2,3,4-Amaliy mashg’ulot. Standartlashtirish tizimi. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligida standartlashtirish. STANDARTLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH Vazirlar Mahkamasining «0‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida»gi 1992-yil 2-martdagi 93-sonli qaroriga muvofiq, 0‘zbekiston Res- publikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 0‘zbekiston Res- publikasi Davlat standartlashtirish markazi standartlashtirish bo‘- yicha milliy idora hisoblanadi. Respublikada standartlashtirish bo'yicha ishlarning tashkil etilishini quyidagi idoralar ta’min qiladilar. — belgilangan mahsulot bo'yicha tarmoqlararo qo'llanili- shiga 0‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish markazi; — qurilish va qurilish sanoati, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyalash bo'yicha — 0‘zbekiston Respublikasi Arxitek- tura va qurilish Davlat qo‘mitasi; — tabiiy resurslardan foydalanishni yo‘lga qo'yish, atrof- muhitning tozaligi va boshqa zararli narsalardan muhofaza qilish sohasi bo'yicha — 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi; — tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyum- lari, dori- darmonlar va respublika sanoati ishlab chiqaradigan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalar bo'lishi so- hasida — 0‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi. 0‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ish- lar O‘zdavstandart tomonidan standartlashtirish bo'yicha texnika qo‘mitalari, korxonalar, birlashmalar va boshqa manfaatdor tash- kilotlarning yillik rejalari bo'yicha amalga oshiriladi. Respublika standartlashtirish rejasiga, birinchi navbatda, milliy standartlar talablari bilan uyg'unlashish, kishilarning hayoti va sog'lig'i uchun xavfsizlik, atrof- muhit muhofazasi, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy ijtimoiy- iqtisodiy va ilmiy- texnik dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi. O'zdavstandart, 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi budjet mablag'lari hisobiga asosiy va umumtexnik talablarni belgilaydigan standartlami ishlab chiqishda buyurtmachilar, shuningdek, vazirliklar, idoralar, kor- xonalar, tashkilotlar, konsernlar, uyushmalar va mahsulot (xiz- matlar) tegishli turini ishlab chiqaruvchilar yoki iste’mol qiluvchi boshqa tuzilmalar, iste’molchilarning jamoa tashkilotlari, ilmiy- texnik jamiyatlari buyurtmachilar hisoblanadi. Bu ishlarni mablag 1 bilan ta’minlash ishlari buyurtmachilaming mablag'i hisobidan, shuningdek, shartnoma asosida markazlashtirilgan mablag'lar hisobidan ham oshiriladi. 0‘zbekiston Respublikasi standartlari va texnik shartlarni ishlab chiqish, odatda, har bir manfaatdor korxona va tashkilotning vakili bo‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan texnik qo‘mitalar kuchi bilan yoki standartlashtirish bo'yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Texnik qo‘mitalar o‘z faoliyatlarini standartlashtirish bo‘- yicha texnik qo‘mita to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida, tayanch tashkilot esa, standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilot to‘g‘- risidagi namunaviy nizom asosida amalga oshiradilar. Texnik qo‘mitalar va tayanch tashkilotlar joriy qonunlar hamda 0‘zbekiston Respublikasi standartlarining loyihasi va texnik shartlaming ishlab chiqilishi yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq, ularning sifati hamda o‘z muddatida olib borilishi uchun javobgardirlar. 0‘zdavstandart, Arxitektura va qurilish Davlat qo'mitasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo‘llanilish muddatini uzaytiradilar, bekor qiladilar hamda unga o'zgartirishlar kiritadilar. Respublika standartlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar da- rajasidan qat’i nazar, O‘zdavstandartda davlat ro'yxatidan o‘tka- zilishi shart. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi, Arxitektura va qurilish Davlat qo'mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo'jalik tuzilmalari O‘zdavstandart bilan kelishilgan holda standartlashtirishning tar- moq tizimini ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarva shaharlarda standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish, muvoflqlashtirish va uning muqobil darajasini ta’minlash ishlarini O‘zdavstandart, Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli hududiy idoralari amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida viloyat- lar va shaharlarda standartlashtirish bo'yicha ishlarga umumiy us- lubiy rahbarlikni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SMSHM) olib boradi. Sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish va muvoflqlashtirish uchun zarur bo'lgan hollarda, O'zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari va boshqa xo'jalik tizimlarida bo'linma- lar (xizmatlar) va (yoki) fan-texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy-texnik imkoniyatlarga ega bo'lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo'yicha tayanch tashkilotlar tuziladi. Korxona rahbarlari korxonalarda standartlashtirish bo'yicha ishlarning tashkil etilishi va bu ishlarning bajarilishi uchun be- vositajavobgardir. Korxonalar zarur bo'lganda standartlashtirish bo'yicha bo'lin- malar (xizmatlar) konstniktorlik-texnologik yoki ilmiy tadqiqot bo'limi, laboratoriya tashkil etadi. Ular korxonada standartlashtirish bo'yicha tashkiliy-uslubiy va ilmiy-texnik rahbarlikni amalga oshiradi, ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlarini baja- radilar, shuningdek, korxonaning boshqa bo'limlari tomonidan o'tkazilayotgan standartlashtirish ishlarini bajarishda ham qatna- shadilar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda standartlashtirish bo'yicha olib boriladigan ishlar asosiy ishlar turiga kiradi. Download 145.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling