2,3,4-Amaliy mashg’ulot. Standartlashtirish tizimi. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligida standartlashtirish. Standartlashtirish ishlarini tashkil etish


Download 145.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi145.35 Kb.
#1513028
1   2   3   4
Bog'liq
2,3,4-Amaliy.

Asos boiuvchi standartlar tashkiliy-texnik jarayonlarning bajarilishi, shu 
jumladan, ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mah- sulotni qo'llash jarayonlari 
tartibini (qoidalarini), shuningdek, faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil 
etishning asosiy qoidalarini belgilaydi. 
Umumtexnik standartlar mahsulotning texnik bir-biriga mos bo‘lishini va 
o‘zaro almashinuvini ta’minlash uchun zarur bo'lgan ishlab chiqish, ishlab 
chiqarish va mahsulotni qo'llashning umumtexnik talablarini, shuningdek, mehnat 


xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, namunaviy texnologik jarayonlar, 
mahsulotsifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni bir xillashtirish 
talablarini belgilaydi. 
Mahsulotning aniq turiga, belgisi, andozasi va boshqalarga har tomonlama 
talablarni texnik shartlar standarti belgilaydi. 
Texnik shartlarning milliy standartlari ommaviy yoki seriyali ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot uchun ishlab chiqiladi. 
Texnik 
talablarning 
standartlari mahsulotning resurslaridan to‘g‘ri 
foydalanishni, buyumlarning pishiqligi (uzoq muddatga chidamliligi), texnik o'zaro 
almashinuvchanligi, 
mashinalarning, 
asbob-uskunalarning 
bir 
xilligini, 
mahsulotning raqobat qilish qobiliyati oshirilishini ta’minlaydigan asosiy 
ko'rsatkichlar me’yori va talablarini belgilaydi. 
Nazorat usullari (sinovlar, tahlillar, o'lchovlar, ta’riflar) standartlari 
mahsulotning bitta yoki bir necha turdosh guruhlariga ishlab chiqiladi. Standart 
sinash uchun namunalarni tanlash tartibini, bu mahsulot sifat ko'rsatkichlarini 
baholash birligini ta’minlash maqsadida uning iste’mol qilishi (foydalanishi), 
ta’rif- larini nazorat qilish (sinash, tahlil qilish, ta’riflash, o'lchash) usul- larini, 
shuningdek, mahsulotni yaratish, nazorat qilish, sertifikatlashtirish va foydalanish 
chog‘ida sinab ko'rish usullarini belgilaydi. 
Standartlarning tuzilishi, bayon etilishi, rasmiylashtirilishi va mazmuniga 
ko‘ra, umumiy talablariga, texnik shartlar esa GOST 2.114. «Konstruktorlik 
hujjatlarning umumiy tizimi» texnik shartlar tuzilishi, ifodalanishi va 
rasmiylashtirilishi qoida- lariga to‘g‘ri kelishi kerak. 
Respublika standartlari, texnik shartlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulot va 
ko'rsatilayotgan xizmatlar uchun korxona standartlari hamda ularga kiritilgan 
o'zgartirishlar 0‘zdavstandart tashkilotlarida bepul davlat ro‘yxatidan o'tkazilishi 
lozim. 
Standartlar, texnik shartlar va ularga o‘zgartirishlar davlat tilida hamda 
millatlararo munosabat tilida davlat ro‘yxatiga taqdim etiladi. Davlat ro'yxatidan 
o'tmagan standartlar, texnik shartlar va ularga 0‘zgartirishlar haqiqiy emas deb 
hisoblanadi. 
0‘zbekiston Respublikasi standarti, texnik shartlari, korxona standarti O'zRST 1.1, 
O‘zRST 1.2, O‘zRST 1.3 bo'yicha belgilanadi. 


Standartlar tizimini belgilash chog‘ida standartlashtirish Davlat tizimida qabul 
qilingan tartib raqami qo‘llaniladi. 
Respublika standartlarini, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining Davlat 
standartlarini O‘zdavstandart belgilagan tartibda, nusxalari tasdiqlangan holda, 
davlat tili va rus tillarida nusxalarini ko‘paytirish zarurati tug'ilganda me’yoriy 
hujjatlarni ko‘paytirish huquqi 0‘zdavstandart tomonidan korxonalar va 
tashkilotlarga berilishi mumkin. 
Bu huquqni poymol qilgan shaxslar 0‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonunlariga binoan javobgarlikka tortiladi. 
Standartlar va texnik shartlarni nashr qilish hamda ular bilan korxonalarni 
ta’minlash, bu hujjatlarni tasdiqlagan korxonalar mahsulot yetkazib berish yoki 
xizmat ko‘rsatish uchun 0‘zRST bo‘yicha shartnomalarga binoan amalga 
oshiriladi. 
0‘zdavstandartga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga respublika standartlari, 
korxona standartlari hamda texnik shartlar, qoidalar, rahbarlik hujjatlari va 
standartlashtirish bo‘yicha tav- siyanomalar to‘g‘risida har yili axborot berib 
turiladi. 

Download 145.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling