1 -ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi
Download 0.6 Mb.
|
2 маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Limits”
- “Limits”
- “Pokazat vse”
Chizish maydoni va masshtablar
AutoCAD programmasida ish maydonini (interfeysni) sozlash bilan chegaralanmasdan, chizish maydonini sozlash ham muhimdir. Chunki kompyuterda chizish uchun modellashtirilgan tekislik cheksiz bo’lib, chegaralanmagan o’lchamlarga ega. Masalan, shu tekislikdagi rasmda tasvirlangan quyosh sistemasi planetalarining joylashuvini masshtabni kichraytirish bilan kuzatish yoki masshtabni kattalashtirish bilan Oyda yotgan kichkina toshni kuzatish mumkin. Shuning uchun har qanday kattalik va o’lchamdagi jismni chizish uchun joy etarli bo’lib, hamma vaqt aniqlik yuqori darajada bo’ladi. Faqat chizmani ko’zdan qochirmay kuzatish uchun uni qayerga joylashtirish muhimdir. Buning uchun chizishni boshlashdan oldin elektron varaq chegaralarini aniqlab olish zarur. Shuni nazarda tutish kerakki, chizilayotgan ob’ektni AutoCAD programmasida hamma vaqt 1:1 masshtabda chizish maqsadga muvofiq. Masalan, A3 formatida bosmadan chiqarilishi rejalashtirilgan imoratni 500 marta kichraytirib chizmasdan (masshtab koeffitsenti 1:500), A3 formati o’lchamini 500 marta kattalashtirib, elektron varaq chegaralari sifatida berish va binoni 1:1 masshtabda chizish kerak. “Limits” (Limitы) buyrug‘i (bu buyruqni “Format” “Limitы (Predelы cherteja)” (“Format” “Limits”) punkti bilan ishga tushirish ham mumkin) AutoCAD programmasining chizish maydonida hayoliy to’g‘ri to’rtburchaksimon varaqni joylashtirish imkonini beradi. Chizish jarayoning o’zida bu elektron varaqning o’lchamlarini o’zgartirish yoki varaqning o’zini harakatlantirish mumkin. “Limits” (Limitы) buyrug‘i ekrandagi joriy tasvirga ta’sir qilmaydi. Chegaralar bilan berilgan maydon Ekran to’ri (Setka) aks etgan rasm hududining bir qismidir. Elektron varaq chegaralari “Pokazat vse” (Zoom All) buyrug‘ini chaqirganda rasmning qaysi qismi ko’rinishini aniqlovchi omil hamdir. Chegaralar MSK da ikki nuqta orqali beriladigan. Bu nuqtalar chegaraning chap pastki va o’ng tepa nuqtalarining koordinatalaridir. Masalan, A3 formati uchun chap pastki nuqta koordinatalari (0,0) va o’ng tepa nuqta koordinatalari 420,297 kiritiladi. “Limits” (Limitы) buyrug‘i ikkita qo’shimcha parametrga ega. AutoCAD programmasi chap pastki burchak koordinatalarini kiritishni so’raganda [Vkl/Otkl] parametrlaridan birini kiritish mumkin. Bu parametrlar chegaradan tashqaridagi nuqtani kirita olish yoki kirita olmaslikni aniqlaydi. Agar “Vkl” parametri kiritilsa, chegarani nazorat qilish funksiyasi ishga tushadi, chegaradan tashqaridagi nuqtani kiritish mumkin bo’lmaydi va chegara tashqarisi bilan bog‘liq bo’lgan bir qancha buyruqlar ham ishlamaydi. Lekin bu holatda bir qismi chegara ichida bo’lgan aylana markazi va aylanaga tegishli nuqtani berish mumkin. Chegarani tekshirish funksiyasi chegara tashqarisiga chiqib ketib chizishning oldini olish uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi chizayotgan chizmasini va elektron varaq chegaralarini kuzatib borishi uchun “Pokazat vse” (Zoom All) buyrug‘idan foydalanishi mumkin. Bu buyruqni asosiy menyudan “Vid” “Zummirovaniye (Masshtab)” “Vse…” (View Zoom All) punktlarini tanlab chaqirish mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling