1 – Ma‘ruza. Mavzu: Kanaldagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanishi bo’yicha umumiy maʼlumotlar. Reja
Download 1.71 Mb.
|
1-ma\'ruza
Tayan so‘zlar: Kanal, chig‘ir, daryo, inshoot, to’g’on.
Yer yuzining dehqonchilik uchun yaroqli kattagina qismida, shu jumladan Markaziy Osiyoda ham nam tanqisligi mavjud va shu boisdan insonlar, qadim zamonlardan boshlab, tabiiy omillar nomutanosibligini tuzatish hamda erlarni suv bilan ta’minlanganligini oshirish uchun juda ko‘p kuch va mehnat sarf qilib kelgan. Markaziy Osiyoning jug‘rofiy joylashgan o‘rni, uning arid iqlimi, ya’ni havoning o‘ta quruqligi, yozning issiq va yog‘insiz bo‘lishi, qishning nam va sovuq kelishi, ya’ni iqlimning keskin kontinental ekanligi va o‘simliklar vegetatsiyasi davrida atmosfera yog‘inlari kam bo‘lishi sababli bu erdalarda so‘g‘orish yo‘li bilan dehqonchilik qilish taqozo etgan. Respublikamizda amalga oshirilayotgan so‘g‘orma dehqonchilik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi, yani u qariyb 10 ming yillik tarixga ega. So‘g‘orish bilan bog‘liq kanallar va inshootlar qurish ishlari Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari vodiysida qadim zomonlardan boshlab olib borilgan. Mavjud tarixiy ma’lumotlar va arxeologik qazishmalar natijalariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda so‘g‘orish ishlari bilan eramizdan avvalgi IX-VII asrlarda ham ota - bobolarimiz shug‘ullanishgan. qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazm davlatlari, Farg‘ona vodiysida so‘g‘orma dehqonchilik bilan sho‘g‘ullanganligi, so‘g‘orish tarmoqlari va suv saqlash inshootlarini qurganligi bunga misol bo‘ladi. Misol uchun Zarafshon daryosida bundan 2,5 ming yil avval qo‘l kuchi bilan bunyod etilgan va hozirgacha saqlanib qolgan Darg‘om kanalini olib qaraydigan bo‘lsak, ajdodlarimiz zukko mirob bo‘lganligiga ishonch hosil qilamiz. Bundan tashqari, Zarafshon daryosidan suv oluvchi qadimiy va hozirgi paytda ham foliyat ko‘rsatayotgan Narpay, Mirzaariq, SHohrud, Vobkent, Pirmast, Sultonobod va boshqa ko‘pgina kanallarni sanab o‘tish mumkin. Qadimiy davrda ko‘pgina davlatlarning poytaxtlari daryo yoki kanal bo‘yida barpo etilgan. Masalan Darg‘om kanali Samarqand (Marokand) ni suv bilan ta’minlagan bo‘lsa, SHohrud kanali Buxoro shahri ichidan o‘tgan. Olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalarilari shuni ko‘rsatdiki, Amudaryoning quyi qismida irrigatsiya tarmoqlarini eng rivojlangan davri eramizdan avvalgi VI asrdan to eramizning III asrlarigacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Saqlanib qolgan tarixiy hujjatlarga ko‘ra, Xorazm voxasi Markaziy Osiyoda so‘g‘orma dehqonchilik bilan sho‘g‘ullanish maqsalila qurilgan eng qadimiy gidrotexnik inshootlar tizimiga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi. Fikrimizning dalili sifatida Amudaryodan Xorazmning o‘ng qirg‘og‘idan to Sultoniztog‘ balandligigacha bo‘lgan joylarni so‘g‘orish uchun eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikning o‘rtalarida qurilgan Gauxvar (Gavhar) kanalini keltirish mumkin. Eramizning I asrlarida Sultoniztog‘ yon bag‘irlarini so‘g‘orish uchun Tuproqqal’a kanalidan suv oluvchi kattagina tarmoq qurib bitkaziladi, G‘aznaobod-CHermen-YAb kanalidan so‘g‘oriladigan erlar ko‘lami kengayadi, III-asrda g‘arbiy qiyot kanali qurib bitkaziladi, IV asrda Guldursin va Berkut qal’a kanallari atrofida vohalarda so‘g‘orma dehqonchilik ishlari yo‘lga qo‘yiladi. IX asrda Gurganj (ko‘hna Urganch), G‘aznaobod (Madra) kanali quyi qismida dehqonchilik tiklanadi, Amudaryoning quyi deltasi rayonlarini irrigatsiya o‘zlashtirishi boshlanadi. SHu davrda SHovot (SHoxobod) va Buve kanallari qurilgan, X asrda Amudaryoning chap qirg‘og‘ida Xiva kanalidan ikkita tarmoq kanallari bunyod etilgan. VIII asrda suv ko‘tarib beruvchi qurilmalarning dastlabki vakillari- chig‘iriqlar (1.1; 1.2 – rasmlar) Xorazmda birinchi bo‘lib ishlatilgan. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling