Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja


Download 315.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi315.15 Kb.
#210212
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu. Yevrosiyo materigi relyefi bcb82b1385d81c78265485fc84a510d1



Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. 

Reja: 

1. Relyefining asosiy shakllari: platformadagi tekisliklar va yassi tog’lar. 

2. Burmali va burmali-palaxsali tog’lar. 

3. Palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar 

4. Akkumlyativ tekisliklar, vulqon mintaqalari. 

 

Tayanch tushunchalar: Relyef shakllari, tekisliklar, yassi tog’lar, burmali va 



burmali-palaxsali  tog’lar,  palaxsali  va  palaxsali-burmali  tog’lar,  akkumlyativ 

tekisliklar, vulqon mintaqalari. 

 

Relyefining asosiy shakllari: platformadagi tekisliklar va yassi tog’lar. 

Yevrosiyo  materigi  tarkib  topishining  murakkab  tarixi  tabiatining  barcha 

komponentlarida  aks  etgan.  Lekin  u  yer  yuzasining  tuzilishi  xususiyatlarida 

ayniqsa  yaqqol  namoyon  bo’lgan,  Yevrosiyoning  yer  yuzasi  murakkabliligi, 

xilma-xilligi va Yer sharining boshqa hech yerida takrorlanmasligi bilan ajralib 

turadi.  Yevrosiyo  uchun  Yer  sharida  ma’lum  bo’lgan  tektonik  struk-turalarning 

barcha tipi va barcha xil relyef tipining tarqalganligi xarakterlidir. 

Oldingi  bo’limdan  ham  ma’lumki,  hozirgi  materik  tarkibiga  kiruvchi 

platforma oblastlari materikning vujudga kelishi  va  rivojlanishida  turlicha  rol 

o’ynagan,  Yer  sharidagi  eng  katta  quruqlik  bo’lmish  Yevrosiyoning  asosini 

Yevropa va Sibirь  platformalari  tashkil  etadi.  Yevrosiyo  quruqligi  mana  shu 

platformalar  atrofidan  kengaya  borgan  va  bu  platformalarning  yaxlitligi  va 

platforma  tipida  rivojlanishi  hozirgi  vaqtgacha  saqlanib  qolgan.  Dastlab  bir 

butun 


Xitoy 

platformasi 

keyinchalik 

parchalanib, 

ikki 

mustaqil 



platformaga-Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy subplatformalariga ajralib ketgan. 

Janubiy  Xitoy  subplatformasi  ancha  harakatchan  bo’lgan  va  keyingi  tog’ 

paydo bo’lish jarayonlari ta’sirida bo’lgan. Arabiston va Hindiston platformalari 

butun  geologik  tarix  davomida  Yevrosiyoning  boshqa  qismlaridan  mustaqil 

ravishda rivojlanib, materikka nisbatan yaqin geologik o’tmishda  tutashgan. Ular 



relyefining  shakllanishida  tektonik  harakatlarning  aktivligi  katta  rolь  o’ynagan 

va relyefining baland bo’lib qolishiga olib kelgan. 

 Yevropa platformasi xorijiy  Yevropa Skandinaviya  yarim  orolining  sharqiy 

qismi  bilan  Finlandiyada  joylashgan  Baltika  qalqonidan  hamda  asosiy  qismi 

Rossiyada  joylashgan  o’lkaning  g’arbiy  chekkasidan  tashkil  topgan.  Relyefda 

unga  SHvetsiya  bilan  Finlyandiyaning  zamini  qattiq  tekisliklari  va  yassi 

tog’liklari,  shuningdek  Yutlandiya  va  Daniya  orollari,  Polьsha,  GFR  ning 

shimoliy  qismlari  hamda  Gollandiyaning  deyarli  hamma  qismini  o’z  ichiga 

oluvchi  O’rta  Yevropa  qatlamli  tekisligi  to’g’ri  keladi.  Bu  barcha  rayonlar 

maksimal muzlanish, qisman esa so’nggi muzlanish chegarasi ichida joylashgan 

bo’lib,  bu  hol  uning  relyefida  aks  etgan.  Baltika  kristalli  qalqonining  qattiq 

zaminli  tekisligi  muzlanish  markazida  joylashgan  bo’lib,  neogen-antropogenda 

intensiv  ravishda  parchalanib  ketgan,  u  muzlik  ekzaratsiyasi  relyefi 

shakllarining  ustun  turishi  bilan  xarakterlanadi.  Baltika  qalqonining  chekka 

qismida  va  O’rta  Yevropa  tekisligida  muzlik  akkumulyatsiyasi  relyefi 

shakllari-chekka  morenalar,  ozlar  va  boshqalar  tarqalgan  bo’lib,  ular 

morfostruktura  ustini  qoplab  yotadi.  Baltika  dengizi  bilan  SHimoliy  dengiz 

sohillarida  muzlanishlardan  keningi  transgressiya  natijasida  hosil  bo’lgan 

akkumulyativ tekisliklar joylashgan. 


Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling