Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja


Burmali va burmali-palaxsali tog’lar


Download 315.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi315.15 Kb.
#210212
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu. Yevrosiyo materigi relyefi bcb82b1385d81c78265485fc84a510d1

Burmali va burmali-palaxsali tog’lar. 

Xitoy  platformasi  doirasida  tokembriy  fundamentida  burmali-palaxsali  va 

palaxsali tog’lar ham tarqalgan bo’lib,  ular qadimgi fundamentning botiqlarida 

joylashgan  past  akkumulyativ  tekisliklar  yoki  platolar  bilan  almashinib  turadi. 

Epiplatformadagi  o’rtacha  balandlikdagi  tog’  massivlariga  SHan  dun  yarim 

oroli  yoki  SHimoliy  Koreyadagi  tog’lar;  past  akkumulyativ  tekislikkamarkaziy 

Manchjuriya  yoki  SHimoliy  Xitoy  tekisliklari;  baland  platoga-Ordos  misol 

bo’la  oladi.  Qashqar  soyligining  (botig’ining)  asosida  chuqur  cho’kkan  Tarim 

massivi yotadi. 

Epiplatforma  tipidagi  palaxsali  tog’lar,  shuningdek,  Arabiston  va  Hindiston 

aktivlashgan  platformalarining  chekka  qismlari  uchun  ham  xarakterlidir.  Ular 



Arabistonda  qadimiy  assimetrik  palaxsaning  g’arbiy  va  janubi-g’arbiy  chekka 

qismlarini  hosil  qiladi,  Hindiston  yarim  orolida  esa,  bu  relyef  tipiga  G’arbiy, 

qisman  esa  SHarqiy  Gat  tog’lari  to’g’ri  keladi.  Hindistonning  qolgan  qismlari 

qattiq  fundamentli  (denudanion)  tekisliklardan  iborat.  Fundament  yuzasida  bo’r 

va  paleogen  davrlarida  oqib  chiqqan  bazalьt  qoplami  hosil  bo’lgan  shimoli-

g’arbidagina 

zinapoyasimon 

trappali 

platolar 

tarqalgan. 

Arabiston 

platformasining  SHarqiy  va  Janubiy  qismlari  qalin  cho’kindn  jinslar  bilan 

qoplangan  bo’lib,  bu  rayonlardagi  asosiy  relyef  tipi  gorizontal  va  qiya 

tekisliklar  hamda  platolardir.  Bu  platforma  oblastlarining  quyi  geografik 

kengliklarda  joylashganligi  va  rivojlanish  xususiyatlari  ular  doirasida  flyuvial 

va arid morfoskulьpturaning keng tarqalishiga sabab bo’lgan; shunisi ham borki, 

ayrim  rayonlarda  (masalan,  Arabiston  yarim  orolida)  plyuvial  davrlardan 

saqlanib qolgan qadimgi flyuvial relyef shakllari hozirgi arid morfoskulьptura 

relyefi shakllari bilan yonmayon uchraydi. 

Yevrosiyoning qadimgi platformalarida foydali qazilmalarning katta zapaslari 

to’plangan.  Bu  yerdagi  arxey  va  proterozoy  strukturalari  uchun  temir, 

marganets, xrom (Skandinaviya  va Hindiston yarim orollari), shuningdek, ba’zi 

rangdor va nodir metallar (mis, kobalьt) xarakterlidir. Hindiston plat-formasining 

yer  bag’rida  oltin,  olmos  va  qimmatbaho  toshlar  bor.  Platforma  qadimgi 

kristalli  yadrosining  ko’p  jinslari  pardozlanib  qurnlishda  ishlatiladigan 

materiallardan  iborat  (masalan,  Baltika  qalqonidagi  granitlar).  Yevropa 

platformasining  cho’kindi  jinslar  qoplamidagi  jinslarda  neftь  va  tuz  bor, 

Hindiston  platformasining  Gondvana  jinslari  seriyasi  bilan  katta  toshko’mir 

konlari bog’liqdir. 

Yevrosiyo  materigining  katta  maydonlari  paleozoy  erasida  hosil  bo’lgan 

burmali  tog’lardan  iborat  bo’lib,  ular  strukturalarining  nihoyatda  xilma-xilligi 

hamda  mezokaynozoydagi  rivojlanish  tafovutlari  bilan  ajralib  turadi.  Sovet 

Ittifoqi doirasida Ural tog’ sistemasi va juda katta G’arbiy Sibirь plitasi paleozoy 

burmalanishida  (gertsin  bosqichida)  paydo  bo’lgan.  Xorijiy  Yevrosiyo  ilk 

(kaledon)  va  so’nggi  paleozoy  (gertsin)  burmalanishida  hosil  bo’lgan  tog’lar 



Yevropaning  shimoli  va  O’rta  qismida,  shunigdek,  Markaziy  hamda  SHarqiy 

Osiyoda  tarqalgan.  Bu  territoriyalarda  ham  tog’  relyefi,  ham  tekislik  relyefi 

tarqalgan.  Yer  yuzasining  shakllanishida  qayta-qayta  ro’y  bergan  tekislanish  va 

akkumulyatsiya  protsesslari,  shuningdek,  neogen-antropogen  bosqichidagi 

turlicha  namoyon  bo’lgan  tektonik  aktivlashuv  protsessi  katta  rolь  o’ynagan. 

Yevropa kaledon burmali tog’lari o’rnida vujudga kelgan  Skandinaviya tog’ligi 

va  Britaniya  orollaridagi  tog’lar  ancha  katta  tog’lardir.  Pireney  yarim 

orolidagi  Galisiya  massivi  hamda  Iberiya  va  Kantabriya  tog’lari  relyefining 

murakkabligi  ham  ulardan  qolishmaydi.  Britaniya  orollaridan  to  O’rta 

Polьshagacha  davom  etgan  yoshargan  (qayta  ko’tarilgan)  O’rta  Yevropa 

tog’lari  relyefi  ham  nihoyatda  xilma-xil.  Bu  yerda  tektonik  aktivlik  turli 

darajada  ro’y  berganligi  sababli  hozirgi  relyef  uchun  inversion  xarakterdagi 

uncha  baland  bo’lmagan  massivlar  (Bretanь  qirlari,  Karnuell  yarim  orolidagi 

massivlar,  Sileziya  qirlari),  nisbatan  kichik  maydonni  egallovchi  palaxsa 

tog’lar  (Garts,  Rudali  tog’lar,  Sudet  tog’lari,  Vogeza  tog’lari,  SHvartsvalьd, 

Markaziy  massivning  ko’p  qismi  va  boshqalar)  yassi  tog’liklar  hosil  qiluvchi 

balandga  ko’tarilgan  peneplenlar  (Reyn  Slanets  tog’lari,  Markaziy  massivning 

shimoliy qismi) xarakterlidir. 

Bu  tog’lar  ayrim  bloklarining  ko’tarilishi  jarayonida  yer  po’stida  yoriqlar 

paydo  bo’lib,  natijada  vulkanlar  otilgan  hamda  Markaziy  massivda,  Rudali 

tog’larda va boshqa joylarda vulkanik tog’lar vujudga kelgan. 

Gertsin  strukturalarining  sineklizalarida  va  tektonik  yoriqlar  zonasida 

joylashgan  pastliklar  tog’  massivlarini  bir-biridan  ajratib  qo’ygan.  Bu 

pastliklarga  turli  vaqtda  dengiz  suvlari  goh  bostirib  kelib,  goh  qaytib  turgan; 

ularning hozirgi relyefi va geologik tuzilishi xilma-xildir. Parij havzasi, Janubi-

sharqiy  Angliya.  SHvabiya-Frankoniya  zinapoyasimon  oblasti,  Tyuringiya 

oblasti tipik kuesta relyefi rivojlangan qiya tekisliklardan iborat. 

Akvitaniya  havzasi  (Garonna  pasttekisligi),  Luara  va 

Flandriya 

pasttekisliklari, O’rta Irlandiya tekisligi uchun qatlamqatlam akkumulyativ yassi 

tekislik  relyefi  xarakterlidir.  Uncha  katta  bo’lmagan  akkumulyativ  tekisliklar 



cho’kmalar (Vogeza tog’lari bilan SHvartsvalьd orasidagi Yuqori Reyn tekisligi, 

Markaziy massiv bilan Alp tog’lari orasidagi quyi Rona vodiysi)dan iboratdir. 




Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling