Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja


Palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar


Download 315.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi315.15 Kb.
#210212
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu. Yevrosiyo materigi relyefi bcb82b1385d81c78265485fc84a510d1

Palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar 

Osiyodagi paleozoyda hosil bo’lgan burmali tog’lar neogen-antropogen, ya’ni 

(neotektonik)  bosqichda  ayniqsa  intensiv  aktiv  harakatlar  ta’siriga  uchragan. 

Natijada Markaziy Osiyoning qayta yoshargan (epiplatforma tipidagi) burmali -

palaxsali  va  palaxsali  baland  hamda  eng  baland  tog’lari  (Mongoliya  Oltoyi, 

Tyanshan,  Kunlun  va  uning  shimoliy  tarmoqlari-Oltintog’  bilan  Nanьshanь) 

paydo  bo’lgan.  Ularning  o’rtacha  balandligi  3000  m  dan  4500  m  gacha  bo’lib, 

ayrim  tog’  tepalarining  balandligi  6000  m  va  hatto  7000  m  dan  ortadi.  Ular 

relyefida  qadimgi  tekislangan  yuzalarning  turlicha  balandlikka  ko’tarilgan 

qismlari saqlanib qolgan. Uzilmalar hosil qilgan yonbag’irlar tikdir. Tektonik va 

erozion  parchalanish  natijasida  tog’lar  orasida  soyliklar  yoki  keng  bo’ylama 

vodiylar  hosnl  bo’lgan.  Qirrasi  yaqqol  aks  etgan  juda  uzun  tizmalar  odatda 

uchramaydi.  4000  m  dan  balandda  qadimgi  va  hozirgi  tog’-glyatsial  va  nival 

relyef  shakllari  keng  tarqalgan.  Xentey  va  Xangay  tog’ligi  pastroq  va  relyefi 

ham uncha keskin parchalangan emas. 

Osiyoning  sharqi  uchun  paleozoy  zaminiga  ega  bo’lgan  o’rtacha  va  hatto 

past  burmali-palaxsali  tog’lar  xarakterlidir.  Bularkatta  Xingan  va  Kichik 

Xingan  hamda  Janubiy  Xitoy  tog’laridir.  SHarqiy  Osiyoda  TSinьlin  tizmasi  eng 

balanddir; u Kunlunning orografik va tektonik davomidan iborat bo’lib, balandligi 

4000 m dan ortadi. 

Gertsin  burmali  strukturalaridagi  pastliklarda  akkumulyativ  tekislik 

relyefiga  ega  bo’lgan  botiqlar  joylashgan  (Jung’oriya  soyligi,  Katta  Ko’llar 

soyligi).  Gobi  Xitoy  va  Mongoliya  doirasida  bo’r  va  kaynozoy  cho’kindilari 

bilan qoplangan past tog’lar hamda qatlamli baland tekisliklardan iboratdir. 

Paleozoy  burmali  strukturalari  tarqalgan  oblastlar,  ayniqsa  Xorijiy  Yevropa 

territoriyasida  rangdor  va  nodir  metallar  (rux  qo’rg’oshin,  qalay,  simob,  uran) 

rudalariga  boydir.  Gertsin  bosqichida  paydo  bo’lgan  tog’  oldi  bukilmalarida 



juda  katta  toshko’mir  konlari  bor  (Xorijiy  Yevropagi  Sileziya,  Rur  havzalari 

va boshqa havzalar, SHimoli-sharqiy Xitoydagi koplar). 

Yevrosiyoning  janubiy  va  janubi-sharqiy  qismlari  tektonik  strukturasi 

jihatidan  mezokaynozoy  burmali  tog’lari  zonasiga  kiradi.  Hindixitoyning  katta 

qismi  (Malakka  yarim  oroli  ham  shunga  kiradi),  Tibet  tog’ligining  janubiy 

chekkasi  va  Qoraqurummezozoy  burmalanishida  paydo  bo’lgan  tog’lardan 

iborat  bo’lib,  neogen-antropogen  davrida  aktiv  neotektonik  harakatlar  ta’sirida 

bo’lgan. Bu harakatlar Qoraqurumda hamda Tibetning janubida eng kuchli ro’y 

bergan. Bu tog’lar Yer sharidagi eng ulkan tog’li o’lka-Baland Osiyo sistemasiga 

kiradi.  Baland  Osiyo  antropogen  boshidayoq  nihoyatda  yuqoriga  ko’tarilib 

qolgan  hamda  hozirgi  vaqtda  ham  ko’tarilayotgan  tog’larni  o’z  ichiga  oladi. 

Hindixitoyning  shimoliy  va  sharqiy  qismlarida  hamda  Malakka  yarim  orolida 

mezozoyda  ro’y  bergan  burmalanish,  yer  po’stining  eng  yangi  davridagi 

ko’tarilish  va  uzilishlari  o’rtacha  balandlikdagi  buradali-palaxsali  tog’larning 

tarqalishiga  sabab  bo’lgan.  Tog’  tizmalari  orasida  joylashgan  SHanь  tog’ligi, 

Annam  tizmasining  bir  qismi  va  Kambodja  pasttekisligi  janubda  yoshi 

birmuncha qadimiy bo’lgan o’rta massiv burmalanishlariga to’g’ri keladi. 

Hindixitoy  doirasida  mezozoidlar  tarqalgan  oblastь  Alp-Himolay  burmali 

mintaqasiga  borib  tutashadi;  Alp-Himolay  burmali  mintaqasi  g’arbda  Pireney 

yarim  orolidan  janubi-sharqda  Zond  orollariga  qadar  butun  Yevrosiyo  bo’ylab 

cho’zilib  ketgan.  Bu  mintaqaning  butun  g’arbiy  qismi,  ya’ni  Pireney  va 

Andaluziya, Alp, Karpat tog’lari, Apennin va Bolqon yarim orolidagi tog’lar, Old 

Osiyo  tog’liklari  (Kichik  Osiyo,  Armaniston  va  Eron  tog’liklari),  Hindikush  va 

Himolay tog’lari hozirgi zamon tektonik kartalarida haqiqiy Alp burmalanishida 

paydo bo’lgan tog’lar zonasiga, Hindixitoyning g’arbidagi tog’lar, Janubi-sharqiy 

va  SHarqiy  Osiyodagi  orollar  esakaynozoy  oxiridagi,  ya’ni  hali  uzil-kesil 

shakllanmagan tog’lar zonasiga kiritiladi. 

Butun  mintaqa  uchun  nisbatan  qadimiy  strukturalarning,  ya’ni  paleozoyda 

yoki  hatto  undan  oldin  burmalangan  o’rta  massivlarning  tarqalganligi 

xarakterlidir.  Bu  o’rta  massivlar  hozirgi  relyefda  bir  necha  tekislangan  yuzalar 




yarusidan  va  zinapoyasimon-uzilmali  yon  bag’irlardan  iborat  o’rtacha 

balandlikdagi  tog’lardir.  Bu  tipdagi  relyef  Kalabriya  tog’lari,  Bolqon  yarim 

orolidagi Rodopmakedoniya massivi va O’rta Eron tog’lari uchun xarakterlidir. 

Qadimgi  kristalli  yadrolari  (o’zaklari)  hamda  cho’kindi  yotqiziqlar 

komplekslariga  bo’lgan  va  murakkab  tuzilgan  Alp  antiklinoriylariga  Janubiy 

Yevropa bilan Janubi-G’arbiy Osiyonnig tog’ sistemalari: Alp, Pireney tog’lari, 

Elьburs,  Zagros,  Hindikush,  Himolay  tog’lari bo’ylab  cho’zilgan baland va  eng 

ulkan burmali  hamda  burmali-palaxsali tog’  tizmalari  to’g’ri keladi. 3000 m da 

va  undan  balandda  bu  tog’lar  tipik  Alp  relyefiga  egadir.  Baland  tog’ 

sistemalarining  chekka  zanjirlari,  shuningdek,  Karpat,  Bolqon,  Apennin, 

Dinara tog’lari,  Tavr, Makron tizmalari va boshqalar flish bukilmalari  o’rnida 

vujudga  kelgan  yoki  mezozoy  karbonatli  jinslaridan  tarkib  topgan  bo’lib,  uncha 

baland  ko’tarilmagan;  shu  sababli  ular  erozion  relyef  ustun  turuvchi  o’rtacha 

balandlikdagi  tog’lar  relyefiga  egadir.  Butun  Alp  burmali  mintaqasi  bo’ylab 

karbonatli  jinslarning  ko’p  tarqalganligi  karst  hosil  bo’lishi  va  karst  relyefi 

shakllari  paydo  bo’lishi  uchun  qulay  sharoit  yaratgan.  Karst  relyefi  shakllari 

Apennin, Dinara, Tavr tog’lari uchun ayniqsa xarakterlidir. Vulkanik jarayonlar 

hamda  vulkanogen  relyef  shakllari  O’rta  dengiz  qirg’oqlari,  Karpat  tog’lari, 

Armaniston  tog’ligi  va  Elьburs  tog’laridagi  yer  po’stining  eng  katta  uzilmalari 

chizig’i bilan bog’liqdir.  

Tog’  yoylarining  tashqi  tomonida,  chekka  bukilmalarda  akkumulyativ  plato 

va  pasttekisliklar  (Alpoldi  va  Karpatoldi  platolari,  Andaluziya  pasttekisligi, 

Mesopotamiya  va  Hind-Gang  pasttekisliklari)  paydo  bo’lgan.  Baland  va  past 

akkumulyativ tekisliklar, shuningdek, uzilmalar bilan chegaralanuvchi tog’ orasi 

botiqlarida ham vujudga kelgan; bu botiqlar Alp  burmali mintaqasining ichidagi 

burmalangan turli strukturalarda joylashgan. Bu tipdagi eng katta akkumulyativ 

tekisliklar-O’rta  Dunay  va  Padan  tekisliklari,  Anatoliya  platosi,  Eron 

tog’ligining ichki platosidan iborat. 

Osiyoning  orollardan  iborat  janubi-sharqiy  va  sharqiy  chekka  qismlari 

Tinch  okean  tektonik  mintaqasi  tarkibiga  kiradi.  Hindixitoyning  Birma 




doirasidagi  g’arbiy  qismi  kaynozoy  erasining  oxirida  paydo  bo’lgan  o’rtacha 

balandlikdagi  burmali-palaxsali  tog’lardan  iborat.  Bu  tog’lar  Sumatra, 

Kalimantan, Tayvanь, Xokkaydo, Saxalin orollari va Qamchatkad a ham davom 

etgan.  Tinch  okean  tomonidan  ularga  hozirgi  geosinklinal  mintaqa  kelib 

tutashgan;  bu  mintaqa  Osiyoni  Tinch  okeanning  markaziy  qismidan  ajratib 

turadi.  Hozirgi  geosinklinal  mintaqa  uchun  orol  yoylarining  geoantiklinal  zonasi, 

geosinklinal novlar (chuqur suvli nov) hamda chekka dengizlarning geosinklinal 

soyliklari  xarakterlidir.  Butun  mintaqa  nihoyatda  kuchli  seysmikasi  va  intensiv 

vulkanik faoliyati bilan xarakterlanadi. 

So’ngan  va  ko’pdan-ko’p  harakatdagi  vulkanlar  Yapon  orollari,  Filippin, 

Yava  va  boshqa  materik  orollaridagi  tog’  tizmalarining  eng  baland  tog’ 

tepalarini  hosil  qilgan.  Vulkanik  yo’l  bilan  paydo  bo’lgan  orollar  ham  ko’p; 

bular-Ryukyu, Zond orollaridan ba’zilari va boshqalardir. 

Mezokaynozoy  yoshidagi  burmali  mintaqalar  uchun  pegmatit 

va 

gidrotermal  yo’l  bilan  paydo  bo’lgan  rangdor  metall  rudalarining 



tarqalganligi xarakterlidir. Bular Karpat tog’laridagi va Bolqon yarim orolidagi 

mis, qo’rg’oshin, rux zapaslari, Janubiy Xitoydan Hindixitoy yarim oroli orqali 

Malakka  hamda  Indoneziyagacha  cho’zilib  ketgan  mashhur  qala y  va  qalay-

volьfram mintaqasi, Yapon orollaridagi rangli metall konlari va boshqalardir. 

CHo’kindi  yotqiznqlarda  paydo  bo’lgan  metall  foydali  qazilmalarga  Alp, 

Karpat,  G’arbiy  Hindixitoy  va  Indoneziya  tog’larining  chekka  zonalarida 

joylashgan  boksit  konlari  kiradi.  CHekka  bukilmalar  va  tog’  orasidagi 

botiqlar  neftь  hamda  gazga  boy.  Karpatoldi  va  Mesopotamiya  chekka 

bukilmalari  hamda  O’rta  Dunay  botig’i  bu  jihatdan  alohida  ajralib  turadi. 

Ko’p botiqlarda shuningdek qo’ng’ir ko’mir va tuz konlari tarqalgan. 

Turli  yoshdagi  strukturalarni  kesib  o’tuvchi  yosh  tektonik  yoriqlar  bo’ylab 

termal va minerallashgan suvlar oqib chiqadi. 



 

Download 315.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling