1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Download 1.96 Mb.
bet17/45
Sana07.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1082764
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
HTUT mavzular (optika)

Nazorat savollari



  1. Optik aloqa va uzatish tizimi deb nimaga aytiladi?

  2. Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?

  3. Optik aloqani qo‘llanish sohalarini tushuntiring.

  4. OA tizimlari elektrik tizimlardan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?

  5. OA tizimlarining tuzilish prinsipini tushuntiring.

  6. TOA tizimlari qanday tuzilgan?

  7. Optik tarmoqlarda qanday optik uzatish tizimlaridan foydalaniladi?

  8. Tolali optik aloqa tizimlarida plezioxron ierarxiya aloqa tizimlari qo‘llanilishi?

  9. Sinxron raqamli ierarxiyaning optik aloqa tizimlarida o‘rni?

  10. OA tizimining umumlashgan tuzilish sxemasini tushuntirib bering?


3-MA’RUZA


OPTIK TOLA BO‘YLAB SIGNALLARNI TARQALISHI VA OPTIK TOLA TURLARI. OPTIK TOLANING ASOSIY UZATISH PARAMETRLARI


O‘quv savollari:
3.1. Optik tola bo‘ylab signallarni tarqalish xususiyatlari.
3.2.Optik tola turlari. Bir modali va ko‘p modali optik tolalar. Optik tolaning sindirish ko‘rsatkichi profillari va dispersiya bo‘yicha turlari. Optik tolalarning standartlari
3.3. Optik tolada signalning so‘nishi.
3.3.1. Tolaning xususiy yo‘qotishlari
3.3.2. Kabel yo‘qotishlari: mikrobukilish va makrobukilishlar
3.4. Optik tolada dispersiya
3.4.1. Modalararo dispersiya
3.4.2. Xromatik dispersiya. Material dispersiyasi. To‘lqin uzatgichning xususiyatlari bilan bog’liq dispersiya
3.4.3. Qutblangan moda dispersiyasi
3.4.4. Dispersiyaning tolali optik aloqa tizimlarining uzatish sifatiga ta’siri. Dispersiyani kamaytirish usullari.



    1. 3.1. Optik tola bo‘ylab signallarni tarqalish xususiyatlari.

3.1.1. Optik tola va uning tuzilishi

Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug’lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog’lab turuvchi muhit optik tola deyiladi.


Optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug’likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug’lik nuri tarqaladi.
Yorug’lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun
n1>n2,
shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu yerda
n1-o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi,
n2, -qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari.
R.M. Sindirish ko‘rsatkichi n, yorug’likning vakuumdagi tezligini (s) materialdagi yorug’lik tezligiga (sm) nisbati orqali ifodalanadi:

n = s / sm.


Turli moddalardan yorug’lik turli tezliklarda tarqaladi.
3.1-jadval
Turli materiallarning sindirish ko‘rsatkichlari



Materiallar nomi

Sindirish ko‘rsatkichlari, n

Yorug’likning turli materiallardagi tezligi, sm km/sek.

Vakuum

1,0

300 000

Xavo

1,0003(1)

300 000

Suv

1,33

225 000

Kvars

1,46

205 000

Shisha

1,5

200 000

Olmos

2,5

120 000

OT uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (SiO2) hisoblanadi.


Agar dengiz suvi shunchalik tiniq bo‘lganda, u xolda Tinch okeanida joylashgan 33,177 futli Mariana cho‘kmasining eng chuqur joyini ko‘rish mumkin bo‘lardi.
O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlarini olish uchun kvars shishasiga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan: germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi.

3.1-rasm. Optik tolaning tuzilishi


Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig’i xisoblanadi. 3.1-rasmda tashqi plastik qoplama ko‘rsatilgan. Tashqi plastik qoplama optik tolaning xususiyatlariga ta’sir etuvchi mexanik va atrof muhit ta’sirlaridan uni himoya qiladi.





Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling