1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Optik liniya traktining klassifikatsiyasi -


Download 1.96 Mb.
bet40/45
Sana07.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1082764
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
HTUT mavzular (optika)

Optik liniya traktining klassifikatsiyasi - Optik aloqa tizimlarining liniya trakti ikki tomonlama aloqani tashkil etish bo‘yicha quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
- ikki tolali bir polosali bir kabeli (to‘rt o‘tkazgichli bir polosali bir kabelli);
- bip tolali bir polosali bir kabelli (ikki o‘tkazgichli bir polosali bir kabelli);
- bir tolali ko‘p polosali bir kabeli yoki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan optik aloqa tizimlari.
4.4-rasmda ko‘rsatilgan TOA tizimining tuzilish sxemasi faqat uzatishning bir yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Bunday tuzilishda optik signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab
(4.4-rasm), bitta to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi.

6.4-rasm. Ikki tolali bir polosali bir kabelli TOA tizimining sxemasi

Xap bir optik tola ikki simli fizik zanjirga o‘xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun TOA tizimining uzatish va qabul qilish traktlari bitta kabel bo‘ylab tashkil etiladi, ya’ni TOA tizimi bir kabelli hisoblanadi. Shu tarzda, berilgan optik liniya traktini tashkil etish sxemasi ikki tolali bir polosali bir kabelli hisoblanadi.


Ushbu aloqa tashkil etish sxemasining afzalligi bu oxirgi va oraliq stansiyalarning uzatish va qabul qilish qurilmalarining bir turdaligidir. Kamchiligi esa optik tola (OT)ning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti juda kichik.
Kabel qurilmalariga ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada qimmatligini hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi informatsiyani uzatish hisobiga uning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi. Bunga masalan, bitta optik tola (OT) bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.
Bir tolali bir polosali bir kabelli optik liniya traktining tuzilish sxemasi
4.5-rasmda ko‘rsatilgan. OT ni bir to‘lqin uzunligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qo‘llanilishi bu sxemaning xususiyati hisoblanadi.




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling