1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Tolali optik aloqa tizimlarida shovqinlar va nochiziqli buzilishlar -


Download 1.96 Mb.
bet42/45
Sana07.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1082764
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
HTUT mavzular (optika)

Tolali optik aloqa tizimlarida shovqinlar va nochiziqli buzilishlar - TOUT lari rivojlanishining birinchi bosqichlarida, bir to‘lqin uzunlikli liniya traktida so‘nish va dispersiya tufayli muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimilarining qo‘llanilishi bilan yuqori tezlikli raqamli axborotlarni uzatishda yuzaga keladigan nochiziqli effektlar bilan bog’liq muammolar birinchi o‘rinni egallaydi. Bu masalaga birinchi bo‘lib xalqaro transatlantika TOAL qurishda e’tibor berilgan.
OT ham barcha turdagi dielektriklar, masalan, nochiziqli to‘rtqutblilik
(4.7-rasm) kabi kuchli elektromagnit maydonda nochiziqli xarakterga ega. Bunday maydonlar kichik o‘lchamli OT ning ko‘ndalang kesimining birlik maydoniga katta quvvatli – yuqori intensivlikka ega bo‘lgan signalning tushishi hisobiga hosil bo‘ladi. Demak, OT nochiziqli muhit hisoblanadi, chunki uning parametrlari nurlanish quvvati va intensivligiga bog’liq. Chiziqli muhitda esa muhit parametrlari uzatiladigan signalga bog’liq bo‘lmaydi.



6.7-rasm. OT kuchli elektromagnit maydonda nochiziqli xarakteri

To‘rtqutblilik, misolda OT kirishiga 2 yoki undan ortiq chastotali signallar tushganda, uning chiqishida asosiy signal garmonikalaridan tashqari boshlang’ich signal tarkibida bo‘lmagan kombinatsion garmonikalar ham hosil bo‘ladi. Bu kombinatsion garmonikalar ishchi kanallar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib, asosiy signallarning buzilishiga – nochiziqli buzilishlarga olib keladi.


Nochiziqli buzilishlar OT bo‘ylab uzatiladigan signal quvvatiga bog’liq. Bir kanalli TOUT larida uzatish signalining sathi -2 dan + 3 dBq gacha tashkil etgan bo‘lsa, WDM texnologiyasining kirib kelishi bilan aloqa masofasini uzaytirishga intilish hamda passiv optik qurilmalar olib kiradigan yo‘qotishlarni bartaraf etish uchun + 20 dBq quvvatli signallarni uzatish talab etiladi. Bu bilan OT ning nochiziqliligi yuzaga keladi, ya’ni OT ning sindirish ko‘rsatkichi kirish quvvatiga bog’liq ravishda ortib boradi.
Yuqori intensivlikda OT ning sindirish ko‘rsatkichi nurlanish intensivligiga bog’liq bo‘ladi va quyidagicha ifodalanadi
n = n0 + nnI,
yoki OT ning sindirish ko‘rsatkichi kirish quvvatiga bog’liq:
n = n0 + nn* P0/ Aeff, (1)
gde: n0 – kichik optik quvvatda OT ning sindirish ko‘rsatkichi (kvars uchun n0=1,47);
nn – sindirish ko‘rsatkichining nochiziqlilik koeffitsienti.
nn qiymati (2,2 ... 3,6) *10-20 m2/Vt oraliqda yotishi mumkin (kvars uchun nn = 2,35*10-20 m2/Vt);
I – yorug’lik oqimining intensivligi;
R0 – OT ga kiritiladigan optik quvvat, Vt;
Aeff – OT o‘zagining effektiv maydoni, m2.
8-rasmda kvars OT sindirish ko‘rsatkichining optik quvvatga bog’liqligi ko‘rsatilgan.




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling