1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Download 1.96 Mb.
bet39/45
Sana07.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1082764
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
HTUT mavzular (optika)

6.3-rasm. Regenerator ishining vaqt diagrammasi

Agar HQQning birinchi kirishiga ChQ chiqishidan axborot signallari ketma-ketligi (3), ikkinchi kirishiga taktli impulslar ketma-ketligi (4) berilsa va ular bir-biri bilan mos tushsa, HQQ chiqishida ma’lum amplituda va davriylikka ega impulslar hosil bo‘ladi (5). Bu impulslar ShQga uzatiladi. ShQda impulslar shakli to‘liq regeneratsiyalanib, boshlang’ich signallarga mos keluvchi impulslar shakllanadi. So‘ng bu impulslar EOO‘ da (9.1-rasm) optik nurlanish impulslari ketma-ketligiga o‘zgartiriladi.


Shuni belgilab o‘tish kerakki, TChA ishining xatoliklari tufayli hosil bo‘ladigan fazalar titrashini kamaytirish maqsadida TChA chiqishidagi impullarning davriy ketma-ketligi (4) ChQ chiqishidagi to‘g’rilangan impulslar bilan albatta fazalashtiriladi.
Chegaralovchi qurilma va chegaralovchi kuchaytirgich regeneratorning asosiy elementlari hisoblanib, uning shovqindan himoyalanganligini ta’minlaydi, chegaraviy kuchlanish va mustahkam kuchaytirishni aniqo‘rnatilishini talab etadi.
Chegaraviy kuchlanishni o‘zgarishi regeneratorning shovqinbardoshliligini kamaytiradi, bu chegaralovchi kuchaytirgich (ChK) chiqishidagi to‘g’rilangan impulslarning maksimal qiymati va chegaralovchi qurilmaning chegaraviy kuchlanishi orasidagi optimal nisbatni buzilishiga olib keladi. Bunday optimal nisbatni doimiy ushlab turish uchun regeneratorlarda KAB qurilmasi qo‘llaniladi.
Regeneratorlarning yuqorida aytib o‘tilgan imkoniyatlari tufayli signallar to‘liq qayta tiklanadi, shovqinlarning ta’sir qilishi yo‘qoladi, aloqa sifati yaxshilanadi, shovqindan himoyalanganlik oshadi.


Optik liniya trakti - Optik nurlanishni berilgan to‘lqin uzunligida uzatuvchi va kabeldagi so‘nishlarni yo‘qotishni, disperciya tufayli buzilgan signallarni to‘g’rilashni, berilgan shovqindan himoyalanganlikni ta’minlovchi optik aloqa liniyasining texnik qurilmalar yig’indisi optik liniya trakti deyiladi.
Optik signallar tola bo‘ylab uzatilganda yorug’lik nurini optik tola materialida yutilishi va sochilib ketishidan so‘nadi. Dispersiya esa signalning spektral va moda tashkil etuvchilarini vaqt bo‘yicha sochilib ketishiga, ya’ni ularni turli vaqtlarda tarqalishiga olib keladi. Dispersiya tufayli optik signal impulslarini davomiyligi va ko‘rinishi o‘zgaradi, impulslar kengayib ketadi.
Bu holatlarni hammasi optik tolali uzatish tizimlarining retranslyatorsiz uchastkasining maksimal uzunligini chegaralaydi. Agar uzatgich va qabul qilgich orasidagi ruxsat etilgan maksimal uzunlik oshirilsa, u holda liniya traktining oraliq stansiyalarida bir yoki bir necha retranslyatorlarni joylashtirish kerak.
TOA liniyalari bo‘ylab signallarni uzatish sifati minimal ruxsat etilgan signal-shovqin nisbati yoki shovqindan himoyalanganlik bilan baholanadi. Raqamli uzatish tizimlarini analog uzatish tizimlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga egaligi sababli raqamli TOA tizimlarini shovqindan himoyalanganligi 20-25 dBq dan, analog uzatish tizimlari uchun esa 50-60 dBq dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Elektr kabelli tizimlarning liniya traktidan farqli ravishda optik tizimlarning chastota oralig’i (yoki uzatish tezligi) bir necha marta katta. Bu optik tashuvchilarni juda ham yuqori chastotaga (1015Gs gacha) egaligi bilan tushuntiriladi. Optik kabellarda so‘nish juda kichikligi ( l=1,55 mkm da a=0,2 dB/km gacha) sababli regeneratorlar orasidagi masofa 100 km gacha bo‘lishi mumkin. Bu ham optik liniya traktining ahamiyatli tomonidir.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling