1- MA’RUZA
SIMLI ALOQA ASOSLARI
Reja:
1.1. O‘R QK aloqa tizimlarida qo’llaniladigan asosiy telekommunikasiya vositalari.
1.2. Ko‘p kanalli uzatish tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Harbiy aloqa liniyalari va uzatish tizimlari.
1.3. Telekommunikasiya vositalarini O’R QK aloqa tizimlaridagi vazifalari.
1.4. Harbiy aloqa kabellari
1.1. O’R QK aloqa tizimlarida qo’llaniladigan asosiy telekommunikasiya vositalari.
Axborot texnologiyalari rivojlanishi
Xozirgi sharoitda iste’molchilarning bir-biri bilan axborot almashishlari va o’zlariga kerakli bo’lgan har hil ma’lumotlarni o’z vaqtida va sifatli uzlashtirishlari uchun o’ziga xos bo’lgan talab va extiyojlari mavjud bo’lib, ularning bu talablarini qondirish zamonaviy telekommunikasiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Shu yerda telekommunikasiya asoslariga, ya’ni elektr aloqasining rivojlanish tarixiga bir nazar tashlasak. Hammamizga ma’lumki hali elektr toki ixtiro qilinmagan dastlabki jamiyatda odamlar bir-birlaridan ma’lum bir uzoqlikdagi masofalarda turib axborot almashishlari va kerakli bo’lgan har xil signallarni, hamda ma’lumotlarni uzatishlari uchun turli-tuman narsalardan foydalanib kelishgan. 1800 yilda italyan olimi A. Volta dastlabki ximik tok manbaini yaratdi. Bu ixtiro esa nemis olimi S. Zemmering tomonidan 1809 yilda elektroximik telegrafning yaratilishiga sabab bo’ldi.
Qurolli Kuchlar aloqa tizimida ayniqsa telekommunikasiya tarkibiga kiruvchi oxirgi qurilmalar, harbiy dala aloqa kabellari va harbiy telekommunikasion uzatish tizimlari, hamda kommutasiya tizimlarining tutgan o’rni juda katta.
Kanal xosil qiluvchi - uzatish uskunalariga radiostansiya, radioreley stansiya, troposferali va kosmik aloqa stansiyasi, aloqa kanallarini zichlash orqali kanal xosil qiluvchi apparaturalar va aloqa kabellari kiradi.
Kommutasiya tizimlariga oddiy va avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari, konsentratorlar, kanal hosil qiluvchi apparaturalarning ulash maydonchalari va krosslari kiradi. P-193, P-194, P-198 va ZAS kommutatorlar, ATS larga ATSK-200/50, “DEFINITY” kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |