1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja
Download 1.96 Mb.
|
HTUT mavzular (optika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simli aloqani tashkil qilish usullari
1.4. Harbiy aloqa kabellari.
Yengil dala aloqa kabellari, qo‘llanishi va taktik-texnik ko‘rsatgichlari. Ichki bog‘lama kabeli, qo‘llanishi va TTK. Uzoq masofali dala aloqa kabeli, qo‘llanishi va TTK. Yengil dala aloqa kabeli, qo‘llanilishi va taktik texnik ko‘rsatkichlari. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida simli aloqani tashkil etish uchun doimiy aloqa liniyalari bilan bir qatorda kabel liniyalari ham keng qo’llaniladi. Dala aloqa kabellari dala kabel liniyalarini tez va ko’p marotaba¸ yoyish va yig’ib olish uchun mo’ljallangan. Aloqa kabeli deb, bir necha o’tkazgichdan iborat, ma’lum usul bo’yicha bir biri bilan izolyasiya qilingan, himoya qoplamasi nam o’tkazmaydigan tashqi himoya qobig’idan iborat bo’lgan tizimga aytiladi. Tok o’tkazuvchi tolalar elektr energiyasini uzatish uchun xizmat qiladi va kabelning mustahkamligini va egiluvchanligini ta’minlaydi. Kabel tolalari doira shaklda bo’lishi mo’ljallangan. Ko’ndalang kesimlari esa, undan unumli foydalanish uchun 7 yoki 19 ta simdan iborat bo’ladi, markazda 1 ta, birinchi qavatda 6 ta, ikkinchi qavatda 12 ta. Magistral aloqa kabellari uzoq masofalarga aloqa qilish uchun mo’ljallangan. Simli aloqani tashkil qilish usullari Simli aloqa vaziyat, shart-sharoiti, kuch va vositalarning soniga qarab yo‘nalish yoki o‘q bo‘ylab tashkil qilinishi mumkin. Simli aloqa yo‘nalishi – ikki boshqarish punktlari orasidagi aloqa o‘rnatish usuli. Agar ikki bo‘ysunuvchi komandirlar boshqaruv punktlari bir-biridan uzoq joylashmagan bo‘lsa, vositalarni iqtisod qilish maqsadida ular bilan oraliq stansiya orqali bitta liniya yordamida aloqa o‘rnatish mumkin. Simli aloqaning bu usuli butun aloqa tizimining mustahkamligini ta’minlaydi, sababi ixtiyoriy bitta liniya ishdan chiqganda faqatgina bitta boshqaruv punkti bilan aloqa o‘ziladi xolos. Lekin simli aloqani yo’nalish bo’yicha tashkil qilish aloqa o’rnatishni sekinlashtiradi, kuch va vositalarning katta miqdorda sarf qilinishini talab qiladi va yo’nalishlar orasidagi kanallar manyovr qilishni cheklaydi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling