1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Ichki-bog’lama kabellarini mo’ljallanishi va TTT


Download 1.96 Mb.
bet8/45
Sana07.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1082764
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
HTUT mavzular (optika)

Ichki-bog’lama kabellarini mo’ljallanishi va TTT.


Telefon-telegraf kiritish kabeli (TTVK).
Bu guruhga TTVK – 5x2, PTRK – 5x2, PTRK 10x2, PTRK 20x2, TSKV – 5x2, TSKV – 10x2, VSEK – 5x2 kabi kabellar kiradi.
TSKV va TTVK kabellar ko’proq qiziqish uyg’otadi, chunki ular quyi chastotali kabellar bo’lib va asosan telefon kommutatorlari va liniyali shitoklar yoki krosslar o’rtasida birlashtiruvchi qurilmalarda foydalaniladi. Masalan, uzunligi 25 metrli TSKV –10x2 kabeli yordamida liniya shitogi va P-193M kommutatori orasida aloqani amalga oshiradi.

TTVK kabeli:
Telefon telegraf kiritish ichki bog’lama kabeli past chastotali tarmoqlar va bog’lovchi liniyalarni tortish, shuningdek boshqaruv punktlari ichki aloqani tarqatish tarmoqlarini jihozlash uchun mo’ljallangan.
Telefon telegraf kiritish kabeli 5 juft tolaga ega. Tolalar rezina bilan izolyasiya qilingan va jufti bilan o’ralgan. Kabelda juftliklar po’lat tross atrofida eshilgan rezinali lenta bilan o’ralgan va rezinali himoya qobig’i ichiga joylashtirilgan bo’ladi.
Tolada xar birining diametri 0,25 mm bo’lgan 7 ta miss sim bor, qurilish uzunligi 50-100 metr. Kabel diametri 13 mm. Kabel qurilish uzunligining massasi g’altaksiz xolatda 10 va 20 kg. Uzilishiga chidamliligi 120 kg.
Markazida izolyasiyalangan po’lat trosi bor. Himoya qobig’i sovuqqa va issiklikka chidamli polivinil-xloridli plastikadan iborat.
Dala telefon tarqatuvchi kabeli aloq liniyalarini ichki tarmoq maqsadlarida ishlatiladi. Ayniqsa tarqatuvchi tarmoqlarni jixozlashda ko’prok samarali hisoblanadi.
Dala telefon taqsimlash kabeli (PTRK).
Dala telefon tarqatuvchi kabeli aloqa liniyalarini ichki tarmoqlash maqsadlarida ishlatiladi. Ayniqsa tarqatuvchi tarmoqlarni jihozlashda ko’proq samarali hisoblanadi. Bundan tashqari PTRK kabeli zanjirlarni ikki o’tkazgichli tizimda (16 kGs gacha) 1 va 2 kabelli yuqori chastotali kanallar hosil qiluvchi apparaturalar bilan kanallarni zichlashtirishda, mumkin qadar zarurat tug’ilganda 10-15 km masofagacha yuqori chastotali telefon aloqasi o’rnatish uchun ishlatilishi mumkin. PTRK kabeli sig’imi
5, 10, 20 juft bo’ladi. Har bir juftlik 0,45 mm qalinlikdagi polietilen bilan izolyasiyalangan, har bir tola 0,26 mm diametrli 7 ta mis simdan iborat bo’ladi. PTRK-5x2 kabelida tolalarni jufti bilan, qolganlarida yulduzli shaklda o’rash qo’llaniladi.
Kabellarning o’zagi namlikka chidamli, ustidan polivinil xloriddan yasalgan himoya shlangi kiydirilgan.
Mexanik mustahkamligini orttirish uchun markazda izolyasiyalangan tross har birining diametri 0,25 mm bo’lgan 7 ta po’lat sim bor. PTRK-10x2 va 20x2 kabellari o’rami ustidan har birining diametri 0,25 mm bo’lgan 16 ta po’lat simdan iborat karkas o’rami kiydirilgan.


Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling