1 – mashq. Venn
Download 40.46 Kb.
|
Akademik nutq - 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida matn tuzing.
- Fanning biror sohasiga doir lug’at tuzing.
- Klaster usulidan foydalanib muloqotning xususiyatlarini ochib bering.
- Topshiriq. Berilgan matndagi terminlarning izohli lug’atini tuzing.
1 – mashq. Venn diagramma yordamida muloqotning yozma va og’zaki turlarini tavsiflang. Muloqotning og’izaki turi: Muloqotning og’izaki turiga, dialog va monolog turlariga bo’linadi. Dialog – bu ikki yoki undan ortiq insonlar orasidagi muloqotga aytiladi. Monolog – bu bir kishining qilgan nutqiga aytiladi. Muloqotning yozma turi: Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, xatlar va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Yozma va og’izaki nutqning bog’liqligi: Yozma nutq yuqori darajada bo`lmas ekan, og`zaki nutq ko`ngildagidek bo`lmaydi. Yozma nutqda og`zaki nutqga qaraganda til vositalarini tanlash va qo`llashga to`liq imkoniyat bo`ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og`zaki nutqdagi kabi hayajon bo`lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og`zaki nutqdan ko`ra ravon, aniq va izchilroq bo`ladi. 2 - mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida matn tuzing. Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq, ovoz bermoq, muhokama qilmoq, tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq, muhokamada chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq, topshirmoq, ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikr-mulohaza bildirmoq. Matn: Bugun payshanba profilaktika kuni bo’lib, universitetimizda profilaktika ishlari bo’yicha ma’ruza bo’lib o’tdi. Unda hozirgi kundagi dolzarb muommolar haqida axborot berib o’tildi. Shuningdek unda mavzu yuzasidan tuzilgan bayonnoma yuzasidan gapirildi. Ma’ruzada universitetimiz o’qituvchilari hay’at a’zolari sifatida qatnashdilar. Biz yoshlar ma’ruza yuzasidan o’z fikrlarimiz, tavfsiyalarimiz, mulohazalarimizni aytib o’tdik. Tavfsiyalarimizni eshitgan o’qituvchilar bizni fikrlarimizni tasdiqladi. Shuningdek bizning zimmamizga ayrim muhokamada bo’lgan mavzularni ham o’rganishni tayinladi. Ma’ruza so’ngida faol qatnashgan talabalar taqdirlanib, rag’batlantirildi. Ma’ruzada barcha talabalar fikr va mulohazalarini erkin bayon eta oldilar. 3 – mashq. Fanning biror sohasiga doir lug’at tuzing. Yozma nutq – barqaror va qat’iy bo`ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Og’izaki nutq – bu insonlarning ma’lumot almashishdagi eng osson usuli hisoblanadi. Dialog – bu ikki yoki undan ortiq insonlar orasidagi muloqotga aytiladi. Monolog – bu bir kishining qilgan nutqiga aytiladi. Ulanish – yaxshi abzats bir gapdan boshqasiga mohirona o‘tishi kerak. Yozma muloqot – so`zlovchi va qabul qiluvchi og`zaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. 4 - mashq. Klaster usulidan foydalanib muloqotning xususiyatlarini ochib bering. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi jarayon Ikki va undan ortiq kishining suhbati muloqot Rasmiy muloqot qoidalar, buyruqlar asosida bo’ladi Yozma muloqot xatlar, bildirishnomalar kabilar Topshiriq. Berilgan matndagi terminlarning izohli lug’atini tuzing. Lug’at - muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo’lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so’zlar yig’indisi Ensiklopedik lugʻat - soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik lug’at - larning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Imlo lug’at - so’zlarni to’g’ri yozishga yordam beradi Orfoepik lug’at - so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi Morfem lug’at - so’zlarni asos va qo’shimchalarga ajratishga yordam beradi Izohli lug’atlar - tilda mavjud bo’lgan so’zlarga izoh beriladi O’zlashma so’zlar lug’at - chettillaridan kirgan so’zlarga ta’rif beriladi Frazeologik lug’at - iboralar lug’ati Terminologik lug’at - ma’lum fan sohasi bo’yicha atamalarga izoh beriladi Chastotali lug’atlar - ma’lum asarlarda so’zlarning qo’llanish doirasi haqida ma’lumot beradi Poronimlar lug’at - tilda mavjud bo’lgan talaffuzdosh so’zlar haqida ma’lumot beradi Кo’p tilli lug’at - tarjima lug’atlar Download 40.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling