1- mavzu : Iqtisodiyotga kirish
Download 17.25 Kb.
|
iqtisodiyotga kirish
1- mavzu : Iqtisodiyotga kirish 1. Mulkchilikning turli shakllariga Asoslangan xo’jaliklardan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizim nima? Iqtisodiyot b)ehtiyoj c)ishlab chiqarish d) istemol 2. Kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan xayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni nima? A) iqtisodiyot b) ehtiyoj c) ishlab chiqarish d) istemol 3. Ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va sub’ektlari o’rtasida taqsimlash jarayoni nima. A) iqtisodiyot b) ) ehtiyoj c) ishlab chiqarish d) taqsimot 4. Jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o’zaro almashish jarayoni nima? A) ayirboshlash b) ) ehtiyoj c) ishlab chiqarish d) taqsimot 5. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima? A) iqtisodiyot b) ehtiyoj c) ishlab chiqarish d) istemol 6. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish nima deyiladi. A) unumli iste’mol b) shaxsiy iste’mol c) ishlab chiqarish d) taqsimot 7. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz, o’simlik moyi – bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. Chunki, bularning barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Iste’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard ravishda ishlatilishi nima deyiladi. A) unumli iste’mol b) shaxsiy iste’mol c) ishlab chiqarish d) taqsimot 8. Iqtisodiyotning bosh masalasi nima? A) ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir2.bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur. B) bu moddiy ko’rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy predmetlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.) Va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va h.k.) O’z ichiga oladi. C) – bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo’lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, turli ma’naviy yo’nalishdagi xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ehtiyojlardan iborat bo’ladi. Ehtiyojlarni iste’mol qilish tavsifiga ko’ra shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga ajratish mumkin. D) kishilarning pirovard iste’moli uchun mo’ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo’lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or buyumlari, shaxsga ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi. 9. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati nima deb ataladi3. A) iqtisodiyot b) ) ehtiyoj c) ishlab chiqarish d) ehtiyoj 10. Bu moddiy ko’rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy predmetlarni (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.) Va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va h.k.) O’z ichiga oladi. A) moddiy ehtiyojlar b) ma’naviy ehtiyojlar c) shaxsiy ehtiyojlar d) ishlab chiqarish ehtiyojlari. Download 17.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling