- Radiobiologiya tirik organizmlarga va umuman biologik tizimlarga ionlovchi nurlar ta’siri qonuniyatlarini o’rganuvchi biofizikaning bo’limi hisoblanadi. Radioaktiv nurlar biologik molekulalarning fazoviy tuzilishiga ta’siri orqali hujayra membranalari xususiyatlari, uning organoidlari funktsional holati uzgarishlariga olib keladi hamda tirik tizimlar faoliyatini izdan chiqaradi.
- Fotobiologiya bo’limi esa fotokimyoviy reaktsiyalar va energiyaning uzatilishi va almashinishi, fotosintez mexanizmini, turli xil to’lqin uzunligidagi nurlarning biologik tizimlarga ta’sir jarayonlarini o’rganadigan biofizika fanining bo’limi hisoblanadi.
Murakkab tizimlar biofizikasi Murakkab tizimlar biofizikasi hujayra, organ, organizm, tur, populyatsiyalar, umuman biotsenozda bo’ladigan murakkab jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini va ularga turli xil fizik omillarning ta’sirini o’rganadi. Biofizik tadqiqotlarning usullari. - Elektron mikroskopiya usuli bilan makromolekulalar, membranalar, hujayra organoidlarining holati, shakl va o’lchamlari o’rganiladi.
- Spektrofotometriya usuli eritmalardan o’tgan nurning bir qismi yutilishini o’lchashga asoslangan. Ushbu usul bilan eritmalarda modda kontsentratsiyasi o’lchanadi, makromolekulalarning ikkilamchi strukturasi, molekula ayrim guruhlarining ionlashuvi o’rganiladi.
Rentgen nurlari difraktsiyasi usuli bilan biomolekulalarning fazoviy strukturasi, ularning shakli va o’lchamlari, ikkilamchi struktura elementlarining fazoviy joylashish holatlari aniqlanadi. - Rentgen nurlari difraktsiyasi usuli bilan biomolekulalarning fazoviy strukturasi, ularning shakli va o’lchamlari, ikkilamchi struktura elementlarining fazoviy joylashish holatlari aniqlanadi.
- Fluorestsent zondlar usuli. Ushbu usulda maxsus kimyoviy organik moddalar - zondlardan foydalaniladi. Zond ”tikilgan” biomolekulaga ma’lum bir to’lqin uzunligidagi nur bilan tasir etganimizda, ushbu molekula qo’zg’algan holatga o’tadi va o’zidan boshqa to’lqin uzunligidagi nurni chiqaradi hamda ushbu nur spektri fluorimetr asbobi bilan o’lchanadi. Fluorestsentsiya usuli bilan makromolekulalarning konformatsiya holati, xromofor guruhlarning harakatchanligi, ba’zi ionlarning membranalar orqali transporti o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |