1- mavzu: “Bizning ko’cha Maqsad: o’quvchilarga ko’cha haqida ma’lumot berish, ko'chadagi harakat xavfsizligini o’rganish. Bizning ko'cha


Transport serqatnov bo'lgan yo'llarda piyodalar uchun maxsus svetoforlar o'rnatiladi


Download 4.84 Mb.
bet3/10
Sana05.11.2023
Hajmi4.84 Mb.
#1749762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yo\'l harakati qoidalari fanidan konspekt 5467591507

Transport serqatnov bo'lgan yo'llarda piyodalar uchun maxsus svetoforlar o'rnatiladi.

Ko'chani kesib o'tish mumkin - To'xta! Hozir esa ko'chadan o'tish mumkin emas!


Barcha haydovchi va piyodalarning yo'l harakati qoidalariga rioya qilishlari, ko'cha va yo'l harakati qoidalarining buzilmasligini nazorat qilish uchun Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati - DYHXX xizmat qiladi. Bu militsiyaning maxsus qismidir. Ular yo'llarda tartib saqlanishini ta'minlaydilar, odamlarning hayotlarini va sog'liklarini himoyalaydilar.
Bu DYHXX xodimi. Uning qo'lida qizil tayoqcha. U harakatlanish ketma-ketligini ko'rsatadi, kim yurishi va kim to'xtab turishi kerakligini belgilaydi. U bir vaqtning o'zida barcha mashina va piyodalar bilan imo-ishoralar orqali „so'zlashadi". Bu suhbatda qatnashish uchun esa uning ishorasini tushunish kerak.


UCH XIL CHIROQ
Ko'cha bo'ylab yursang agar
Atrofingga solgin nazar.
Chiroqlardan olgin saboq,
Yo'l ko'rsatar senga har choq.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo'l ko'rsatar uch xil chiroq.
Sariq chiroq hushyor etar,
O'tma yo'ldan shikast yetar.
Haydovchini to'xtab tur deb,
Qizil chiroq xitob etar.
Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo'l ko'rsatar uch xil chiroq.
Yashil chiroq porlagan kez Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo'lni kesib o'tib ol tez. Yo'l ko'rsatar uch xil chiroq
Ko'chalar soz, obod-ravon, Sen unga boq, sen bunga boq,
Yo'lni bilgan yurar omon. Oq yo'l tilar yashil chiroq.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Quyida berilgan rasmlarni diqqat bilan ko'rib chiq.
2. Birinchi rasmdagi svetoforning ko'rsatkichlari va DYHXX xodimining holati nimani bildiradi?
3. Ikkinchi rasmdagi svetoforning ko'rsatkichlari va DYHXX xodimining holatichi?
4. Uchinchi rasmdagi svetoforning ko'rsatkichlari va DYHXX xodimining holati nimani bildirishini ayt.

6- mashg’ulot: Chorraha va uning turlari.



Download 4.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling