1- mavzu: “Bizning ko’cha Maqsad: o’quvchilarga ko’cha haqida ma’lumot berish, ko'chadagi harakat xavfsizligini o’rganish. Bizning ko'cha


Ko'cha va yo'llarda o'ynash hayotingiz uchun juda xavfli ekanligini unutmang


Download 4.84 Mb.
bet6/10
Sana05.11.2023
Hajmi4.84 Mb.
#1749762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yo\'l harakati qoidalari fanidan konspekt 5467591507

Ko'cha va yo'llarda o'ynash hayotingiz uchun juda xavfli ekanligini unutmang.
9-mavzu: Belgilangan yo’nalishda yuradigan transport vositalari bilan tanishish.
Mavzu: Maxsus transport vositalari.
Maqsad: o’quvchilarga maxsus transport mashinalari haqida tushuncha berish, yo’l harakati qoidalari haqida bilimlarini mustahkamlash, o’quvchilarning yo’l harakati qoidalari bo’yicha qanday bilimga ega ekanliklarini aniqlash va ularning bilimlarini yanada mustahkamlash.
Dars turi: interfaol dars.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko’rish, darsning maqsadini aytish.

  1. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun savol- javob o’tkazaman.
1. Avtobus bekatga kelib to'xtadi. Haydovchi eshikni ochishi bilan yo'lovchilar orqa va old eshiklardan tusha boshladilar. Bu to'g'rimi?
2. Harakat boshqarilmaydigan yo'lni qanday kesib o'tish kerak?
3. Yo'lka bo'lmagan ko'chalarda piyodalarqayerdan yurishlari kerak?
4. Yo'lkadan yurib ketayotganda qanday yo'l ko'rsatkichlariga e'tibor berish kerak?
5. Kimlarga velosipedda yurish ruxsat etiladi?
6. Qaysi hollarda velosiped haydash mumkin emas?
7. Harakat xavfsizligi uchun velosiped qanday jihozlanishi kerak?
8. Svetoforning qizil, sariq, yashil ishoralari nimani bildiradi?
9. O'quvchilar tramvay, trolleybus, avtobuslarda ketayotganlarida kattalarga nisbatan qanday munosabatda bo'lishlari kerak?
10. Yo'l harakati qoidalarini buzayotgan bolalarni ko'rganda o'quvchilar nima qilishlari kerak?
III. Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi hikoyasi:
Yong'inlarni o'chirish, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, militsiya xodimlarini hodisa ro'y bergan joyga yetkazish va transport vositalarining haydovchilari tomonidan yo'l qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish uchun avtomobil, mototsikl va vertolyotlardan foydalaniladi. Avtomobil va mototsikllar „Sirena" turidagi maxsus tovush signali bilan jihozlanadi. Bunday avtomobil kuzovining tomiga qizil yoki havo rangli pirpirovchi (yoki miltillovchi) chiroq o'rnatiladi. Bundan tashqari, militsiya mashinalariga, shu jumladan DYHXX avtomobillariga radiokarnay o'rnatiladi. O't o'chiruvchi mashinalar qizil rangga bo'yaladi. Militsiya mashinalari kuzovining yon tomonlariga zarur hollarda qo'ng'iroq qilish uchun olti yoki yetti raqamli telefon raqamlari yoziladi. „Tez yordam" mashinalarining kuzoviga esa 03 raqami tushirilgan bo'lib, bu telefon orqali tez tibbiy yordam chaqiriladi.
Maxsus avtomobillar hodisa ro'y bergan joyga borayotganda „Sirena" tovush signalini ulaydilar va kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqni yoqadilar. Bunday vaziyatlarda bu avtomobillar svetoforning har qanday ishorasida ham to'xtamasdan harakatlanish huquqiga egalar va boshqa transport vositalari haydovchilari ularga darhol yo'l berishlari shart. Piyodalar „Sirena" tovushini eshitishlari bilan yo'lni bo'shatishlari va maxsus mashinalar o'tib ketmaguncha yo'lkadan tushmasliklari kerak. Agar yo'ldan „Sirena" tovush signali bilan jihozlangan avtomobil kuzatuvidagi avtomobillar kolonnasi harakatlanayotgan bo'lsa, piyodalar ularning o'tib ketishini kutishi va shundan keyingina yo'lni kesib o'tishlari mumkin.

  1. Mustahkamlash.


Download 4.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling