1- mavzu: Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri Reja: Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillarining bola rivojlanishiga ta’siri


Download 62.31 Kb.
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi62.31 Kb.
#1302431
1   2   3   4   5
Bog'liq
IJTIMOIY MOSLASHUV

Nazorat savollari:
1. Ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda tutgan o’rni qanday?
2. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
5-mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyatda bolalarning moslashuv koʼnikmalarini shakllantirish.
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiypedagogik faoliyat.
2. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari sharoitga moslashuvida pedagogning roli.
3. MTT bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalari.
Adaptatsiya – organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati. Shuningdek, adaptatsiya bu organizm faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab oʼzgartirish qobiliyati hamdir. Barcha tirik mavjudotlar oʼzgaruvchan, atrof-muhitga doimiy adaptatsiyani taʼminlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida roʼy beradi. Biroq atrof-muhitning bunday oʼzgarishlarini oldindan koʼra bilish va unga koʼnika olish faqat insonga xosdir. Insonning bu yuqori adaptativ qobiliyati tugʼma boʼlmay, insonning muhit bilan doimiy aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi. Insonning koʼnikish reaktsiyalari shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli oʼlaroq, inson ijtimiy muhit oʼzgarishlariga koʼnika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaktsiyalarini ishlab chiqishi lozim. Insonda adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar oʼynaydi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish, urbanizatsiyaning tezlashishi tabiat va kosmosni faol oʼzlashtirish, aloqa vositalarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari insonda oʼzgaruvchan muhit sharoitlariga tez koʼnika olish qobiliyatini shakllantirish masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga ega komponentiga aylanmoqda.Insonning tugʼilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir. Yangi tugʼilgan chaqaloqda ham koʼnikish mexanizmlari mavjud boʼladi.Biroq goʼdaklik davrida muhit bilan faol oʼzaro munosabatlar natijasida oliy nerv faoliyatida baʼzi murakkab funksiyalar vujudga keladi. Miyada axborot toʼplash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy taʼsir orqali oʼzlashtirish imkonini beradi.Soʼnggi yillarda goʼdaklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyaga qiziqish ancha ortdi. 88 Taʼlim tashkilotlalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning koʼnikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma-xilligiga bogʼliq. Demak, bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ham har tomonlama rivojlanishiga sabab boʼladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bogʼliq ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida ayniqsa jadal kechadi. Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va meʼyorlar haqidagi maʼlumot muhim ahamiyatga ega. Yangi ijtimoiy talablarga koʼnikish bir qancha ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Bola ijtimoiy adaptatsiyani oʼz tajribasi asosida taʼlim-tarbiya jarayonida oʼrganadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish koʼnikish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga bolaning koʼnikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham paydo boʼladi. Bu imkoniyatlar esa boshqalar bilan aloqalarning rivojlanishi, bola miyasida axborotlarni qayta ishlashga bogʼliq boʼladi. Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar oʼzgarganida, masalan, bolalar tashkilotsiga kirganda yurish-turishining ham oʼzgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bolalarning taʼlim tashkilotlaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati bolada oilasida shakllanadigan ota-onasi bilan munosabati va safdoshlar bilan shakllanadigan munosabatlari orasidagi farqdir. Bolaning bolalar tashkilotsi jamoasiga koʼnikishida bola doim uyda, oilasida oʼtkazgan davrlarida shakllangan ota-onasi bilan munosabatlarining buzilishi haqida gap ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrimli va oilaviy xarakterga ega boʼlmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutilmoqda. Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq oldiga qoʼyilgan talablar shubhasiz u yoki bu darajadagi qiyin masala hisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual hususiyatlariga bogʼliq. Faqatgina baʼzi hollarda murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan oshib ketadi. Shuning uchun bolaga bu murakkabliklarni yengishga yordam beradigan yoʼllarni qidirish lozim, chunki, ayni shu paytning oʼzida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham sodir boʼladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar tashkilotlari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari. Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar bogʼchasiga qabul qilinish boladan shu paytgacha shakllanib boʼlgan yurish-turish stereotipini oʼzgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sogʼligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo boʼlishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar taʼlim tashkilotlari ishini takomillashtirish borasida yordam koʼrsatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur. Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:  organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez surʼatidir;  jismoniy va ruhiy rivojlanishning oʼzaro bogʼliqligi;  goʼdak hayotining birinchi yillarida kattalarning oʼrni. Bola tugʼma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muhitda rivojlana turib uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini oʼzlashtiradi. Demak, bola tugʼilishdanoq uning faolligi “bola-kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi.Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning emotsional holati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bogʼliq. Atrof-muhit va odatiy hayot tarzining buzilishi birinchi navbatda emotsional holatnnng buzilishiga olib keladi. Oʼyin – bola faolligining asosiy va oʼziga xos shaklidir. Bu oʼsayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit obʼektlari haqida maʼlumot yigʼishga, kattalarga taqlid qilishga, faol harakat qilishga ehtiyojidir. Oʼyin bolaning muhit bilan oʼzaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. Shuningdek, oʼyinlarda bola bajara olmaydigan talablar qoʼyilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, oʼyin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida bolaning yangi muhitga koʼnikish shartidir. Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning taʼlim tashkilotidagi bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar ekanligini aytsak boʼladi:
1. Adaptatsion bosqichning kechishini ogʼirlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash;
2. Kompleks usullardan foydalangan holda adaptatsion bosqichning tahlili;
3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va qulay sogʼliq holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish. Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida qizgʼinlikni paydo qilmasdan iloji yoʼq. Buning ilk namoyon boʼlish shakllari emotsinal holatning buzilishidir. Ijtimoiy pedagog bolalarning koʼnikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim: 1.Engil adaptatsiya – bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida meʼyoriy holatga qaytadi. Bola MTMga qatnay boshlaganidan soʼng bir oy oʼtgach, oʼzini meʼyorda tuta boshlaydi. 2.Oʼrta adaptatsiya – bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi oʼzgarishlar 15-30 kun ichida meʼyoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan boʼlsa, keyinchalik u oʼz vaznini tiklab oladi. MTMga qatnay 90 boshlashidan bir oy mobaynida bir marotaba yengil kasallikka chalinadi va 7- 10 kun MTMga kelmasligi mumkin. 3.Ogʼir adaptatsiya shunda namoyon boʼladiki bolalarda tez-tez qaytadan kasal boʼlish kuzatiladi va u kasalliklar baʼzi hollarda jiddiy tus olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu holatda adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga choʼziladi, rivojlanish va sogʼliq koʼrsatgichlarida noxush holatlar ham namoyon boʼladi. Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog 9oylikdan 1,5 yoshgacha boʼlgan bolalar mikro ijtimoiy muhitdagi oʼzgarishlarni ogʼir oʼtkazishlarini inobatga olishi lozim. Shuningdek, adaptatsiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham ogʼirlashtirishi mumkin:  notoʼgʼri ovqatlanish;  bolani notoʼgʼri belash;  salbiy odatlar; yoshiga mos kelmaydigan koʼnikmalar;
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat boʼlishi kerak:
tashxis, tayyorlov, amaliyot.
Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bagʼishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlarni, yaʼni kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi oʼzgarishlarni eʼtiborga olish kerakligi taʼkidlanadi.
Birinchi bosqich patronaji xaritasi:
1. Ota-onasi haqida maʼlumotlar: otasi (F.I.Sh., tugʼilgan yili, mansabi, ish joyi); onasi (F.I.Sh., tugʼilgan yili, mansabi, ish joyi); onasida homilaning kechishi va bola tugʼilishi.
2. Maishiy sharoitlari: istiqomat qiluvchilar soni; yashash joyiga baho berish (qulayliklari); yuvinish moslamalari; yashash joyi havosining tozaligi; bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi tashkilotlarga qatnashadi?
3. Bola haqida maʼlumotlar: yoshi; sogʼligi; bolaga kim gʼamxoʼrlik qiladi? bolaning kun tartibi qanaqa? u alohida xona, krovatga egami?
4.Bedorlik vaqti: bola bedorlik vaqtini qanday oʼtkazadi? uygʼoqlik davrining uzunligi; sevimli oʼyinchoqlari; kiyinish-echinish, yuvinish jarayonlariga munosabati; kattalarning bolaga munosabatlari; bolaning kattalarga munosabati; 91 bola bilan tez-tez sayr qilishadimi?
5.Ovqatlanish: ovqatlanish tartibiga amal qilinadimi? bola nima yeydi? nima yordamida ovqatlantirishadi (butilkami, qoshiqdami) bolaning ishtaxasi, faolligi.
6.Uyqu: bolani uxlatishda oʼzini tutishi; uyqudagi kiyimi; bola qanday uxlab qoladi (tez, tinch)? kuniga necha marta, qancha uxlaydi? uyqu xarakteri va uzunligi; qanday uygʼonadi (tinch, yigʼi bilan)? bola kunduzi qaerda uxlaydi (kravat, xona, koʼcha)? tunda qanday uxlaydi? bolani uxlatish uchun unga soʼrgʼich berishadimi?

Download 62.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling