1- mavzu: Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri Reja: Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillarining bola rivojlanishiga ta’siri
Download 62.31 Kb.
|
IJTIMOIY MOSLASHUV
Nazorat savollari:
1.Tashqi omillarga nimalar kiradi? 2. Makroomillar nima? 3.Biologik omillar deganda nimani tushunasiz? 2- mavzu: Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari. Reja: 1. Shaxsning ijtimoyilashuvi. 2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 3. Ijtimoiylashuv jarayoni. 4. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviyaxlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qaramaqarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Jamiyat – kishilar uyushmasining maxsus shakli, kishilar oʼrtasida amal qiladigan juda koʼplab munosabatlar yigʼindisi; tabiatning bir qismi; ijtimoiy borliq. Jamiyat gʼoyat murakkab va koʼpqirrali hodisa boʼlib, muttasil ravishda oʼzgarish va rivojlanish xususiyatiga egadir. Juda qadim zamonlardanoq insoniyatning ulugʼ mutafakkirlari jamiyat mohiyatini bilishga va insonning jamiyatdagi oʼrni va rolini belgilashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy qarashlar jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanishi toʼgʼrisida muayyan bilim, tasavvurlar hosil qilishga imkon bergan. Insoniyat maʼnaviyati yuksalib borgani sayin jamiyat toʼgʼrisidagi qarashlar ham tobora takomillashib borgan, jamiyat toʼgʼrisidagi oʼta sodda diniymifologik qarashlarga nisbatan ancha murakkab va ishonchli ilmiy-falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Shaxsning ijtimoyilashuvi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar. Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi.Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari Har bir fanni shu fanning oʼrganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha - real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning oʼzgaruvchanligi va koʼp qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bogʼliq ravishda oʼzgaradi.Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qoʼllaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy taʼlim” va “ijtimoiy tarbiya”ni kiritishadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy taʼlim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulqatvorning meʼyor va qoidalari haqida koʼp bilimlarni oʼzlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga koʼnikishiga yordam beruvchi turli koʼnikma va malakalarni ham oʼzlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Maʼlumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida oʼz aksini topuvchi nihoyatda koʼp bilimlarni oladi. Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish meʼyorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat oʼzlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) taʼsiri katta boʼlib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq oʼzlashtirishlari, ularni hayotda qoʼllashga intilishlari aynan ularga bogʼliqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bogʼliqligi shundaki, maktab yoki boshqa taʼlim tashkilotida taʼlim olish jarayonida maʼlumki bola avvalo akademik bilimlarni oʼzlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, koʼnikma va malakalarni qoʼlga kiritadi. Bu bilim, koʼnikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak boʼlganda juda zarur boʼladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy malaka va koʼnikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy taʼlim deyiladi.. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga boʼlgan obʼektiv ehtiyoji jarayonida paydo boʼladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obʼektiv ehtiyoj -oʼziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi roʼy beradi. Shaxsning faqat oʼziga tegishli boʼlgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon boʼladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boʼladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi oʼzaro bogʼliq ikki yoʼnalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni oʼzlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oʼziga xoslikni qoʼlga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bogʼliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi subʼekt va ijtimoiy muhitning oʼzaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo boʼladigan obʼektiv ehtiyojlari bilan bogʼliq jamiyatdagi oʼz-oʼzini egallashidir. Bu ehtiyoj: a) oʼz qarashlariga ega boʼlish; b) oʼziga xosliklariga ega boʼlish; v) unga tegishli boʼlgan masalalarni hal qilish, uning oʼz darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon boʼladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari oʼrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʼy beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning oʼzaro taʼsir etishi ham sodir boʼladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv oʼrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi: 1.Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʼlga kiritish, erkin moʼljal olish. 2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meʼyorlarini oʼzlashtirish. 3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʼz ijtimoiy mansubligi va oʼrnini anglash, oʼziga baho berishni shakllantirish. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya Tarbiya pedagogikaning asosiy obʼekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida boʼlib kelgan. Shu bilan birga “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.Boshqa tomondan tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lugʼaviy maʼnosidan ancha kengdir. Ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, yurish-turish namunasi, qadriyatlar u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida koʼrib chiqish lozim.Boshqacha aytganda, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yoʼnaltirishdir.Bu sharoitlar individual va guruhiy subʼektlarning uchta oʼzaro bogʼliq va shu paytning oʼzida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil boʼlgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, oʼsmirlar, oʼspirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning taʼlim olishlarini taʼminlash, ularga individual yordam koʼrsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruhdagi oʼz-oʼzini boshqarish faoliyatini ragʼbatlantirish va norasmiy mikroguruhlarga taʼsir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng maʼnoda turli koʼnikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish meʼyor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek oʼz-oʼzini anglash, oʼzoʼzini belgilash yigʼindisidir. Taʼlim oʼz ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli taʼlim (rasmiy taʼlim), madaniyatni targʼib qilish va tarqatish, oʼz-oʼzini shakllantirishga va mustaqil taʼlim olishga yoʼnaltirish.Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, oʼz-oʼzini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqei, oʼrnini yuksaltirishda yordam berishda namoyon boʼladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur boʼlgan bilim, malakalarni oʼzlashtirishga insonga ongli yordam berish, insonning oʼz qadrini bilishi, oʼz-oʼzini anglash, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba taʼlim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, xarakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi ularning va ijtimoiy-madaniy mansubligiga bogʼliq. Bu jihatlar turli taʼlim tashkilotlari va tashkilotlari farqlanadi. Farqlar ham tashkilot turiga, ham unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning oʼz faoliyatlarida amalga oshirayotgan ishlariga bogʼliq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi oʼzaro munosabat uning subʼektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir. Bunaqa munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida koʼrinishga ega. Chunki oʼzaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili boʼla turib, oʼz munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruhlarga tegishli ijtimoiy yurish-turishni amalga oshirishadi.Umuman olganda, oʼzaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning, birgalikdagi faoliyati, uning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, unda kimlar ishtirok etishi va ular oʼzlarini qay darajada shaxs deb hisoblashiga bogʼliq. Oʼzaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, maʼnaviy bilim va koʼnikmalarni oʼzlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi. Nazorat savollari: 1. Shaxs nima? 2. Shaxsning ijtimoiylashuvi deganda nimani tushunasiz? 3. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari nima? 4. Ijtimoiylashuv jarayoni haqida gapiring? Download 62.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling