1- mavzu: Falsafa fanining predmeti mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja
Download 31.51 Kb.
|
1-мавзу
Muxokama uchun savollar:
1. Falsafaning baxs mavzusi deganda nima tushiniladi ? 2. Falsafiy ta’limotlar utmishda nimaga xizmat kilgan ? Dunyoqarashning asosiy tarixiy tiplarini suzlab beradi. Falsafiy dunyoqarash va uning uziga xos xususiyatlarini tushuntiradi. 2- savol bayoni: Dunyoqarash kishilarning olam va odam xaqidagi axlokiy, falsafiy, xukukiy, estetik, ilmiy, diniy karashlarning majmuidir. Dunyoqarashda kishilarning olam xaqidagi umumlashgan, yaxlit bilimlari aks etadi. Dunyoqarashning asosini insonning olamga munosobati tashkil etadi. Inson butun umri davomida uzini urab olgan dunyoning moxiyatini anglashga xarakat kiladi. Dunyoqarashning sub’ekti - inson individ ijtimoiy guruxlar, partiyalar, jamiyat a’zolari xisoblanadi. Dunyoqarash kishilarning nafakat olamga, balki uzlariga munosobatini xam ifodalaydi. Shu ma’noda dunyoqarashni inson tomonidan olamni va uz-uzini anglanishi jarayoni, deb xisoblash urinlidir. Dunyoqarash uziga xos xususiyatga ega: Dunyoqarash olam va odam xaqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlardan iborat. Unda olam, undagi turli uzgarishlar, olam taraqqiyoti xaqidagi uy fikrlar, orzu umidlar, xis tuygular, kayfiyatlar, bilimlar aks etadi. Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi va rivojlanadi. Inson faoliyati esa xilma-xil: ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy soxadagi xatti-xarakatlar. Shu ma’noda dunyoqarashni anglash va faoliyatining uygunligi tarzida ifodalash mumkin. Dunyoqarash olamning inson tomonidan anglanishigina emas, balki uning baxolanishi xamdir. Aloxida olingan kishilar, ijtimoiy guruxlar, sinflar, millatlar uz maksadlaridan kelib chikkan xolda olamni anglaydilar, undagi predmet, xodisalar jarayonlarga uz munosobatlarini bildiradilar, ya’ni baxolaydilar. SHu ma’noda dunyoqarash deganda uni tashkil etuvchi ikki elementni: birinchidan, olam xaqidagi bilimlarni, ikkinchidan, inson xayotining muxim tomonini tashkil etadigan kadriyatlarni tushunmok lozim. Dunyoqarashda bilimlardan tashkari kishilarning yaxshilik, yomonlik, odamiylik, guzallik, kaxramonlik va x.k. xaqidagi uylari, fikrlari, tasavvurlari aks etadi. Dunyoqarashning ikki darajasi mavjud. 1. Insonning olamni xissiy kabul kilishi, amaliy faoliyat natijasida vujudga keladigan xis tuygular, tasavvurlar, bilimlar. 2. Olam va odam xaqidagi bilimlar, goyalar yigindisi bo’lib xisoblanadi. Bu boskich olamni Aql va faxm yuli bilan ilmiy asosda uzlashtirish deb xam yuritiladi. Dunyoqarashning tarixiy tiplaridan biri Afsonaviy dunyoqarashdir. U jamiyat taraqqiyotining eng dastlabki boskichlariga muvofik keladi. Unda olam nAqllar, rivoyatlar, afsonalar tushuntiriladi. Afsonaviy dunyoqarash olamni izoxlashga qaratilgan. Unda dunyoning qanday paydo bulganligi, olamning asosida nima yotishi, narsa va xodisalarning uzaro aloqadorligi afsonalar, ertAqlar misolida ifoda kilinadi. Mifoloik dunyoqarashning xususiyatlari: Afsonaviy dunyoqarash insoniyat taraqqiyotining eng kuyi boskichlariga to’g’ri keladi. Bu boskichda ilm-fan xali tarakkiy etmagan, shuning uchun xam unda tabiat insondan ajratilmagan xolda tasvirlanadi. Tabiat xodisalari jonlantiriladi, tabiatning moxiyati, xususiyatlari insonga xos bulgan xislat xususiyatlari asosida tushuntiriladi. Afsonaviy dunyoqarash olamni afsonalar, rivoyatlar, ertAqlar vositasida tasvirlaydi, afsonaviy kaxramonlar, xudolar, turli jonzotlar bu rivoyatlarning obrazlari xisoblanadi. Afsonaviy dunyoqarashda kishilarning olam va inson xaqidagi bilimlarni umulashgan, tarzda ifodalangan buladi. Diniy dunyoqarash tarixy taraqqiyotning keyingi boskichlarda vujudga kelgan bo’lib, u olamni, tabiiy va ijtimoiy xodisalarni iloxiy kuchlar ta’siri va mu’jizalariga boglab tushuntiradi. SHu bilan bir katorda diniy dunyoqarash tabiat, olam borligidan tashkari iloxiy borliqning mavjudligini tan oladi. Diniy dunyoqarashning moxiyatida iloxiyotni barcha narsalar butun olamning yaratuvchisi, birinchi sabab, deb tan olish yotadi. Diniy dunyoqarashning asosini diniy e’tikod tashkil etadi. Diniy e’tikod iloxiyotga siginish, shuningdek, kishilar ongidagi, diniy tasavvurlar, karashlar, obrazlarni uz ichiga oladi. Diniy dunyoqarash inson ruxiyatiga, ibodatiga qaratilgan bo’lib, u turli xikmatlar, afsonalar, tarzida namoyon buladi. Dunyoqarashning uchinchi strukturasi bulgan falsafiy dunyoqarash. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki boskichlarida paydo bulgan. Falsafiy dunyoqarashning uziga xos tomonlari quyidagilardan iborat: Falsafiy dunyoqarash olamni bilish va Aqlga asoslangan xolda tushuntirishdir. Afsonaviy va diniy dunyoqarash falsafiy dunyoqarashning shakllanishiga sababchi bulgan omillardan xisoblanadi. Agar afsonaviy olamni xayoliy obrazlar orqali, din olamni iloxiyotga boglab tushuntirsa va uning asosida e’tikod yotgan bulsa, falsafiy dunyoqarash olamni bilimga asoslangan xolda tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi yaxlit, tizimga solingan bilimlar yigindisidir. SHu ma’noda falsafiy dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson ma’navaiyati rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni uzida mujassamlashtiradi. Falsafiy dunyoqarashga muvofik notirik va tirik, jamiki narsa va xodisalar, butun mavjudot doimo, xarakat, uzgarish, taraqqiyotda. Barcha narsa va xodisalar uzaro bir-biri bilan boglik, biri ikkinchisini takoza kiladi. Falsafiy dunyoqarash kishilarning fikrlash madaniyatini, ichki ma’naviy dunyosini shakllantiradi. Falsafiy dunyoqarash insonning olamni, jamiyatni, unda uzining tutgan urnini to’g’ri anglash imkonini beradi. Download 31.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling