Mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 34.59 Kb.
|
falsafa prezidenatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olam va odam munosabatlari.
Farg’ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi 2-kurs 22.138-guruh talabasi Bo’ronboyev Alimardonning falsafa fanidan Tayyorlagan mustaqil ishi MAVZU. BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI. Reja:
Olam va odam munosabatlari Borliq va uning mavjudlik shakllari. Borliq va yo‘qlik, mavjudlik va reallik. Harakat, fazo va vaqt, makon va zamon. Borliq falsafasini o‘rganishning ahamiyati. Olam va odam munosabatlari. Siz bilan biz yashayotgan shu dunyo o‘zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi va butun go‘zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo‘lmaganida edi, bu olam haqidagi tasavvurlar ham bo‘lmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Hech narsasi yo‘q olam yo‘qlikdir. U mavhum tushuncha, ya’ni abstraktsiyadir. Qadimgi davrlardan buyon odam o‘zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini ta’minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib etdi va ularni e’zozlash, avaylab-asrash tuyg‘usi shakllana boshladi. Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to‘rt elementni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g‘oyalar vujudga keldi hamda olam to‘g‘risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bo‘lgan. Olam, eng avvalo, tor ma’noda bu odam yashaydigan joy. Aslida odamzod va hayvonot olami, o‘simlik va xasharotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy olam va boshqa shu singari ko‘plab tushunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning bilim, tajriba va hayolotini o‘z ichiga oluvchi o‘ta keng qamrovli tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan ma’noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bo‘lamiz. Download 34.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling