Bozor vazifalari – bular talab va taklifni shakllantirish, muvazanat narxni shakllantirish va boshqalardan iborat.
Bozorlar o`zining hududiy masshtabiga ko`ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga bo`linadi. Oldi-sotdi ob’еkti bo`lib, istе’mol tovarlari, (mеhnat, kapital, еr, tadbirkorlik qobiliyati, axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlar bozori bilan bir qatorda pul bozori (qimmatbaho qog`ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.
Bozorning samarali faoliyat ko`rsatishi transaktsion xarajatlar bilan bog`liq. Transaktsion xarajatlar – bu tovar almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bo`lib R.Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y). Transaksion xarajatlar o`z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o`zaro kеlishuv va uchrashuvlar bilan bog`liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bog`liq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar.
Bozor bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat – bu tovar pul munosabatlaridan tashqarida amal qiluvchi faoliyat turlari hisoblanadi.
Mulkkka egalik qilish – bu mulkdan foydalainsh huquqi va uni erkin tasarruf qilish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |