1- mavzu. Futbolchilarni texnikharakatiga o‘rgatish to‘psiz va to‘p bilan


Download 280.69 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi280.69 Kb.
#1760558
  1   2
Bog'liq
1 amaliy


1- Mavzu. Futbolchilarni texnikharakatiga o‘rgatish to‘psiz va to‘p bilan.

Futbol texnikasi ikkita yirik maydon o‘yinchisi va darvozabon texnikasiga bщlinadi. Har qaysi bo‘lim esa to‘psiz harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga taqsimlanadi. Bu bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan muayyan to‘p bilan texnik hamda to‘psiz harakatlanish texnikasining usullaridan iborat. Bu usullardan maydon o‘yinchilari va darvozabon bir xilda foydalanadi. Futbol texnikasining ifodalanishi maydon o‘yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo‘lim bo‘lgan to‘psiz maydonda harakatlanish texnikasidan boshlanadi.


Harakatlanish texnikasi quyidagi usullar guruhini o‘z ichiga yugurish, sakrash, to‘xtash, burilish harakatlarni oladi. O‘yin vaqtida to‘psiz harakatlanish texnikasi usullaridan xilma-xil tarzda qo‘shib foydalaniladi. Yugurishning xilma-xil usullarini sakrash, to‘xtash, burilish bilan birga qo‘shib olib borish futbolchining harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi.
Harakatlanish texnikasining usullari maydon o‘yinchilari va darvozabonning to‘pni boshqarish san'ati bilan chambarchas bog‘liq. Harakatlanish texnikasi usullarini keragicha hamda kompleks tarzda qo‘llash ko‘p taktik vazifalarni (to‘p olish uchun ochilish va raqibni chalg‘itish, pozitsiya tanlash, o‘yinchini to‘sib olish va h.k.) samarali hal qilish imkonini beradi.
Maydon o‘yinchisining texnikasi ikkita kichik bo‘limdan iborat. Bulardan biri harakatlanish texnikasi bo‘lsa, ikkinchisi to‘pni boshqarish texnikasidir.
Maydon o‘yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil usullari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar.
To‘pni boshqarish texnikasiga quyidagi usullar guruhsi kiradi: zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to‘pni olib qo‘yish. Bundan tashqari, qo‘lda bajariladigan spetsifik usul – yon chiziqning narigi yog‘idan to‘pni tashlab berish ham to‘pni boshqarish texnikasiga kiradi.
O‘yin vaqtida qaysi usulning qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilarning o‘yindagi funksiyalariga bog‘liq. Usullarni ijro etish sifati esa maydon o‘yin-chilarining hammasida yuksak darajada bo‘lishi kerak.

Download 280.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling