1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Xaritalarning shartli belgilari
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
Xaritalarning shartli belgilari. Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun xaritaning o`ziga xos tili hisoblangan shartli belgilardan foydalaniladi.
Yer yuzasining relyefi masalan, ustma – ust rang berish bilan tasvirlanadi. Bunda, 0 mdan 200 m gacha baland bo`lgan pasttekisliklar yashil rangda, 200 m dan 500 m gacha baland bo`lgan qirlar och jigarrangga bo`yaladi. Har bir rang qanday balandlikni bildirishi xaritaning pastki qismidagi jadvalda beriladi. Bunday jadval balandliklar shkalasi deb ataladi. Balandliklar shkalasidan foydalanib, hududning har bir nuqtasining balndligini aniqlasa bo`ladi. Chuqurliklar shkalasi ham shunday tuziladi. Ba`zi bir tog` cho`qqilarining balandligi, ayrim okean botiqlarining chuqurligi xarita va globuslarda metr (raqam) bilan ko`rsatib qo`yiladi. Geografik xaritalardagi izochiziqlar (yunoncha “isos” – teng) deb ataluvchi chiziqlar biror geografik hodisa bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiradi. Masalan, havo bosimi bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiradigan chiziqlar izobara, havo harorati o`xshash nuqtalarni tutashtirgani izoterma deb ataladi. Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi harakat belgilari sterlka bilan tasvirlanadi. Masalan, dengiz oqimlari, shamol yo`nalishi sterlkalar yordamida ko`rsatiladi. Aholining irqiy va diniy tarkiblari, issiqlik mintaqalari, tabiat zonalari turli ranglar bilan aks ettirilgan bo`ladi. Geografik obyektlar va hodisalar oda hamda yaxshi ko`rinadigan qilib tasvirlangan, daraja to`ri berilmagan xaritalar ham bo`ladi. Ular oddiy (sxematik) xaritalar deyiladi. Bunday xaritalarga sayyohlarning bosib o`tgan yo`llari, davlatlarning savdo aloqalari va boshqalar tasvirlanadi. IX. Mustahkamlash. 1. Izochiziqlar nima? 2. Shartli belgilar nima uchun kerak? 3. Xaritalar necha turga bo`linadi? Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling