1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet41/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni:
Litosfera – Yerning qattiq qobig`i. Yunoncha “litos” – tosh, “sphaira” – shar, ya`ni toshqobiq degan ma`noni anglatadi. Litosferaga Yer po`sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi.Yer po`sti uch qavat tog` jinslaridan iborat. Birinchi qavatda asosan cho`kindi jinslar bo`ladi. Ular – quruqlikda va suvda jinslarning cho`kib, o`tirib qolishidan hosil bo`ladi. ular gil, ohaktosh, qum, qumtosh, bo`r jinslari bo`lib, qatlam – qatlam holda yotadi. Bu qatlamlar Yerning o`tgan zamonlardagi tabiati yozilgan kitobga o`xshaydi. Bu qatlamlarni o`rganib, geologlar minglab, million-lab yillar davomida Yerda tabiat qanday bo`lganligini bilib olishadi.
Bir parcha bo`r yoki ohaktoshni mikroskop ostida ko`rsangiz, uning butunlay mayda jonivorlarning chig`a-nog`i va suyaklari ekanini bilib olamiz. Ular millionlab yillar ilgari suvda yashagan qadimgi o`simlik va jonivorlar qoldiqlaridir. Toshko`mir va neft ham shunday qoldiqlardan hosil bo`lgan.
Ikkinchi qavat granitdan iborat. Granit – magmatik tog` jins. U Yer qatlamlari orasiga magmaning kirib qolib sovushidan hosil bo`lgan. Magmani qaynoq, yonib turgan balchiqqa o`xshassa bo`ladi. U sovub granitga aylanadi.
G arnit qatlamidan pastda bazalt qatlam joylashgan. Bazalt chuqurdan chiqib kelgan. U granitdan og`ir, tarkibida temir, magniy, kalsiy mavjud. Granit va bazalt otqindi jinslardir.Yer po`sti materiklar va okean ostida bi xil emas. Materiklarda Yer po`sti yuqorida ko`rganimizdek uch qavat. Okeanlar ostida esa ikki qavat. Ya`ni faqat cho`kindi jins qatlamlari va bazaltdan iborat.
Yerning qattiq qobig`i yaxlit bo`lmay, alohida – alohida yirik bo`laklardan – plitalardan iborat. Bu bo`laklarni bir – biridan chuqur darzlar, yoriqlar ajratib turadi. Yer po`sti bo`laklari mantiyaning suyuq jismlari qatlami utida turli tomonga siljib yuradi. Bir – biriga qarshi yo`nalishda plitalar to`qnashgan joylarda yer po`sti bukulib, yoysim orollarni, tog`larni, chekka okean botiqlarini hosil qiladi. Ularga And tog`lari, Yaponiya orollari, Mariana botig`ini misol qilib ko`rsatish mumkin. Litosfera plitalaini bir – biridan ajralayotgan yoki to`qnashayotgan joylarda ular juda harakatchan bo`ladi, tez – tez yer qimirlab turadi.ko`pchilik so`nmagan vulqonlar shu yerlarda joylashgan. Bunday joylar minglab kilometrga cho`zilgan yer qimirlash – seysmik (yunoncha ‘seismos” – tebranish) zonalarini hosil qiladi.
Endi “litosfera plitalari harakati” va “yer qimirlash va vulqonlarning asosiy zonalari” xaritalarni qiyoslab ko`raylik. Shunda eng ko`p vulqonlar va yer qimirlaydigan joylar litosfera plitalari tutashgan joylarga to`g`ri kelishini bilib olasiz. Bulardan eng yiriklari: Tinch okean “olov” halqasi, Alp – Himolay seysmik zonasi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling