Xududiy bo‘linishning ilmiy afzaligi shundaki, har bir o‘quvchi jahon xalqlari adabiyotini o‘rganar ekan, turli-tuman millat adabiyotini bir-biri bilan adashtirib yubormaydi, ularni bir-biriga qiyoslay olamiz Jahon adabiyotining tarixiy taraqqiyot davrlari
Antik adabiyot. Bu davr adabiyoti eramizdan avvalgi yillardan to yangi eraning boshlarigacha bo‘lgan badiiy asarlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, qadimgi yunon adabiyoti.
Yangi davr adabiyoti. Bu davr adabiyoti yesa eramiznging birinchi asridan boshlab, to XVII-XIX asrlargacha bo‘lgan adabiy xayotni qamrab olgan.
O‘rta asrlar adabiyoti. Bu davr adabiyoti XVII asrdan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrda yaratilgan jahon adabiyoti namunalarini o‘zida jamlagan.
Zamonaviy davr adabiyoti. Bu adabiyot XX asr boshlaridan to shu kungacha bo‘lgan jahon xalqlari adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘z ichiga oladi.
Xindixitoy xalqlari adabiyoti.
Yapon adabiyoti.
Avstraliya, Zellandiya va Okeaniya xalqlari adabiyoti.
O`rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari adabiyoti.
Kavkaz xalqlari adabiyoti.
G’arb adabiyoti
Yevropa xalqlari adabiyoti.
Skandinaviya xalqlari adabiyoti.
Afrika xalqlari adabiyoti.
Arab xalqlari adabiyoti.
Amerika xalqlari adabiyoti.
Qadimgi sharq adabiyoti “ALPOMISH” Xalq og‘zaki ijodidagi biron asarning yoki lug‘at boyligimizdagi so‘zning qadimiyligini aniqlash uchun uni yondosh xalqlar ijodida yoki o‘sha millat tilida mavjudligini o‘rganish yaxshi natija beradi. Bu jihatdan "Alpomish" dostoni mazmuniga oid asosiy voqealar oltoy, tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarda ertak, rivoyat, doston shaklida mavjud ekani asar nihoyatda qadim zamonlarda yaratilganini dalillaydi. Prof. To‘ra Mirzaev doston variantlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida uning "Alpomish", "Alpamыs", "Alpamis botir", "Alыp - manash", "Alpamsha", "Alpamisha va Barsin xiluv" kabi nomlarda atalishini qayd etadi. Hatto "Dada Qo‘rqut kitobi"ning uchinchi bo‘y (doston)i "Bamsi Bayrak" o‘zining syujet voqealari jihatdan "Alpomish"ga yaqin turishini ta’kidlaydi . Olimlarning ma’lumot berishiga qaraganda, XIX asr oxirida Ya.F.Kal o‘zbek-qo‘ng‘irot urug‘i aynli aymog‘iga mansub baxshi Omonnazardan dutor jo‘rligida doston tinglagani va bu doston “Alpomish” dostoni bo‘lishi kerakligi haqida ma’lumotlar ham bor . Shunday qilib, “Alpomish” dostoni o‘zbek qahramonlik eposining eng qadimgi va mukammal namunasi ekaniga ishonch hosil qilamiz.
Doston qahramonlarining aksariyati ismi muayyan ma’noni ifodalagan. Alpinbiy – ulkan + qabila boshlig‘i; Dobonbiy – dovon + qabila boshlig‘i; Boybo‘ri – katta bo‘ri (ba’zi ma’lumotlarda oq bo‘ri); Boysari – katta tepa yoki oq tepa; Kuntug‘mish – kun (quyosh) tuqqan; Hakimbek – dono, ilmli, aqlli; Qaldirg‘och – inson va Tangri o‘rtasidagi aloqachi qush; Barchinoy – yovvoyi o‘rdak kabi ma’nolar bilan bog‘lanadi . “Alpomish” dostoni faqat ijro jihatidan emas, mazmun, g‘aroyib tasodifiy voqealar tasviri, qahramonlar sarguzashtlari, hayotiy muammolarning qo‘yilishi bilan ham murakkabdir. Masalan, ilm tarixida bir ayolning bir nechta aka-ukalar bilan bitta oila bo‘lib turmush qurishi – poliandriya haqida ma’lumotlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |