1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja: Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi
Download 0.84 Mb.
|
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQShda sanoat tontarilishi
AQShning yirik shaharlari: Nyu-York, Sinsinnati, Filadelfiya, Chik- ago, Klivlend, Sent-Luis.
Qishloq xo'jaligini rivojlanishi. XIX asrning birinchi yarmida AQSh iqtisodiyotida asosiy tarmoq bo'lib qishloq xo'jaligi hiso- blanar edi. Ushbu tarmoqni rivojlantirish omillari: G'arbni mustamlaka- ga aylantirish, qullar mehnatidan foydalanish, rayonlarni ixtiso- slashuvi. Shimoli-G'arbda jo'xori yetishtirish rivojlandi. Undan tashqari ekstensiv chorvachilik rivojlandi. Ushbu hududni o'zlashtirilishi bug'doy yetishtirilishini keng tarqalishiga olib keldi. Indiana, Illinoys, Viskonsin shtatlari asosiy bug'doy yetishtiruvchi hududlarga aylandi. Shimoli-sharqdagi shtatlar intensiv qishloq xo'jaligiga ixtiso- slashib sanoat markazlarini xom ashyo bilan ta'minlardi. Janub va janubi-g'arbdagi yangi hududlar paxtachilikka ixtiso- slashib AQSh jahonda yirik paxta yetishtiruvchiga aylandi. y.da jahonda paxta yetishtirishda AQSh 0,4 % ulushga ega bo'lgan bo'lsa, 1860 y.da 66%gacha o'sdi. AQShda sanoat to'ntarilishi Sanoat to'ntarilishining shart-sharoitlari AQShdagi sanoat to'ntarilishining texnik shart-sharoitlari Angliyada erishilgan yutuqlar natijasida yuzaga keldi. AQShda ixtirolarni rag'batlantirish tizimi joriy etildi. 1790 y.dan patentlar to'g'risida qonun amal qilib, unga mu- vofiq ixtirochi o'z ixtirosiga 14 yilga monopol huquqga egalik qilardi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi mablag' manbalari: savdo burjuaziyasining foydasi, tashqi savdodan olingan daromad, fermer xo'jaliklari daromadi, er bilan spekulyativ bitimlardan tushumlar. Sanoat to'ntarilishiga davlatning iqtisodiy siyosati ham ta'sir ko'rsatdi - XIX asr boshida investitsiyalar savdo va dengizchilik sohalaridan sanoatga yo'naltirila boshlandi. Shu bilan birga olib kirilayotgan tovarlarga proteksionistik tariflar belgilandi. Sanoat to'ntarilishi xususiyatlari. Angliyadan keyin mashinalar- dan foydalanish bosqichiga o'tib ingliz texnik tajribasidan unumli foydalanildi. Shu bilan birga o'zining yutuqlaridan ham foydala- 89 nildi. Ushbu aralash usul sanoat to'ntarilishini qisqa muddatda (40-50 yil) amalga oshirishga imkon berdi. AQShda sanoat to'ntarilishining xususiyatlari: Amerika muhandislik ixtirolarining faol roli. Mamlakatning tabiiy shart-sharoiti (daryo va ko'llarni ko'pligi). Mamlakatda o'rmonlarning ko'pligi. Manufaktura ishlab chiqarishining chegaralanganligi. Mintaqalar va tarmoqlarni notekis rivojlanganligi. Amerika muhandislik ixtirolarining faol roli Muhim ixtirolar: tikuv mashinkasi. tipografiya mashinasi. fosforli gugurt. morze elektromagnit telegrafi. D.Yuza harf bosuvchi apparati, revolver. pnevmatik tormoz. AQShda paydo bo'lgan bu ixtirolar sanoatning ko'pgina yangi tarmoqlarini rivojlanishiga olib keldi. Mamlakatning tabiiy shart-sharoiti (daryo va ko'llarni ko'pligi). Daryolarning ko'pligi bug' energiyasidan arzonroq bo'lgan suv energiyasi bilan ta'minlash imkonini berdi. Shu sababdan bug' energiyasidan ommaviy foydalanish kechroq amalga oshdi. Mamlakatda o'rmonlarning ko'pligi. Toshko'mir o'rniga yog'och ko'mirdan foydalanish keng tarqalgandi. 1860 yilga qa- dar temiryo'l transportida yog'och ko'mir ishlatilar edi. Ba'zi so- halarda yog'och ko'mir mahsulotni sifatliroq bo'lishiga imkon be- rardi. Manufaktura ishlab chiqarishining chegaralanganligi. Sanoat to'ntarilishi kechroq amalga oshganligi sababli manufaktura kapi- talizmi shakllanmadi. Angliya hukumati AQShda manufakturani rivojlanishiga to'siqlik qildi. Mintaqalar va tarmoqlarni notekis rivojlanganligi. Fuqarolik urushi natijasida Janubda fabrika va zavodlar yo'q edi. Bu hudud- da paxta, tamaki, guruch, shakar-qamish yetishtirish rivojlangan edi. Agar mashinalar ishlatilsa ular ham qullar tomonidan ishlatilar edi. Sanoat to'ntarilishi yo'nalishlari. Sanoat to'ntarilishi mamlakatning Shimoli-sharqida boshlandi. Mashina yordamida ishlab 90 chiqarishga o'tgan birinchi tarmoq paxtani qayta ishlash tarmog'i edi. E.Uitni tomonidan 1793 y.da ixtiro qilingan paxta tozalash mashinasi paxtani qayta ishlashni tubdan o'zgartirishga va pax- tachilik sanoatini xom ashyo bilan ta'minlashga imkon berdi. Asta-sekin mashinalar junni qayta ishlashga ham joriy qilindi. 1840 y.ga kelib Shimoli-sharqda uyda jun to'qish mashina yor- damida to'qishga almashdi. Shimoli-sharq tekstil sanoatining markaziga aylandi. Bu hududda tarmoqning 78% fabrikalari joylashgan edi. Engil sanoatda sanoat to'ntarilishi tekstil sanoatidan tashqari oziq-ovqat, poyafzal, to'qimachilik, teriga ishlov berish sanoat- lariga ham ta'sir etdi (1841 y.da Zinger tikuv mashinkasi ixtiro qil- indi). Yana bir yo'nalish - transportni rivojlanishi. XVIII asr oxirida kanallar qurilishi rivoj topdi. XIX asrning birinchi choragida Buyuk ko'llarni Atlantika okeani bilan bog'laydigan ERI kanali qurildi. Kemalar qatnovinijadallashuviga 1807 y.da R.Fulton tomonidan "Klermont" g'ildirakli paroxodini ixtiro qilinishi ta'sir ko'rsatdi. Birinchi temir relslar Baltimor va Ogayo shaharlarini bog'ladi (1828-1830 yy.), keyingi 20 yil davomida temir yo'llar uzunligi 300 barobar o'sdi. Dunyodagi hech qaysi mamlakat bunday sur'atlarga erishmagan edi. Transportning rivojlanishi metallurgiya, qazib olish va o'rmonchilik sanoatlarini rivojlanishiga turtki berdi. Sanoat to'ntarilishi davrida toshko'mir qazib olish 20 barobar, cho'yan ishlab chiqarish 3 barobar o'sdi. Metallurgiya markazlari - Pittsburg; G'arbda yangi markazlar tashkil etildi (Tennesi, Kentukki), Pensilvaniya, Ogayo. asr o'rtalarida AQShda yirik mashinasozlik zavodlari mavjud edi (Nyu-York, Pensilvaniya). Bu sanoat to'ntarilishini yakunlovchi bosqichga (mashinalarni mashinalar ishlab chiqarishi) o'tganligidan dalolatdir. AQSh parovozlar, kemalar va qishloq xo'jaligi mashinalarini yirik ishlab chiqaruvchisiga aylandi. 1851 y.da AQShda elektrovoz ishlab chiqarildi. Keyinchalik poezdning yotoq vagonlari, sister- nalari yaratildi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling