1 – mavzu: jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quv ishlarining asosiy shakli sifatida. Reja


Download 47.6 Kb.
bet5/5
Sana27.10.2023
Hajmi47.6 Kb.
#1727835
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Mavzu JMNM

Jismoniy rivojlanish davrini jismoniy tarbiya nazariyasi fani uch davrga ajratadi:
a) maksimal, intensiv rivojlanish davri (maktabgacha yoshdalik, maktab yoshi davri);
b) rivojlanishni nisbatan stabillashgan (barqarorlikga erishgan) davri;
v) jismimiz imkoniyatlarini sekin asta pasayish davri.
Bu davrlardagi rivojlanish jarayonlarining mazmuni tabiat­ning ob’yektiv qonuniyatlari asnosida kechadi. Ular: “Organizm va uning yashash sharoitini birligi”; “Organizmning xizmati va tuzilishining o‘zgarishlarini bir-birini taqozo etishi”; “Oraganizmdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini asta-sekinlik bilan kechishi va boshqa ob’yektiv tabiat qonuniyatlari bo‘lib ular jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti uchun ham xizmat qiladi.
Maktabdagi, maktabdan tashqarida tashkillanadigan jismoniy ma daniyat va sport mashg‘ulotlari bolalar, o‘smirlar, yoshlar organizmini garmonik rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi yoki organizmining u yoki bu funksiyasida zarur bo‘lmagan o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi ho latlarni paydo bo‘lishini oldini oladi, organlaridagi to‘qimalarni o‘sishi uchun kerak bo‘ladigan energiya (quvvat)ni boshqa hayotiy jarayon lar uchun sarf bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun xizmat qiladi.
Jismoniy mashqlar yoki kundalik turmushdagi mehnat jarayonida yuqori intensivlikdagi faoliyatlarga o‘ta berilib ketmaslik murabbiy yoki inson jismoniy tarbiyasi mutaxassisi, ota-onalarning diqqat e’tiborida bo‘lishi va bu bilan “Hamma narsada me’yor bo‘lishi” qoidasiga rioya qilish maktab o‘quvchilari jismini har tomonlama barkamolligi uchun zamindir.

1 Матвеев Л.П. “Теория и методика физической культуры”, учеб.для институтов физической культуры. М – «ФиС», 1991, стр.

Download 47.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling