1 – mavzu: jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quv ishlarining asosiy shakli sifatida. Reja


Download 47.6 Kb.
bet1/5
Sana27.10.2023
Hajmi47.6 Kb.
#1727835
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Mavzu JMNM


1 – MAVZU: JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARI - O‘QUV ISHLARINING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA.


Reja

1.Maktab yoshdagilar jismoniy madaniyatining maqsadi, vazifalari
2. Maktab yoshdagi o‘quvchilarning yoshini guruhlanishi
3.Maktab o‘quvchilari organizmining anatomo – fiziologik xususiyatlar va organizmining jismoniy rivojlanishi


1.Maktab yoshdagilar jismoniy madaniyatining maqsadi, vazifalari
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy madaniyatini shakllanti­rish jarayoni biz pedagoglarga maktab o‘quvchilari bilan ishlash uchun jismoniy madaniyati jarayonining asosi, uning mazmuni, strukturasi, uning vositalari, tashkillanishi, bolalarni hayotiy zaruriy harakatlarga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga o‘rgatishning metodikasiga oid maxsus kasbiy bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
Mamlakatimizda sifati halqaro me’yorlarga javob beradigan 12 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan. Prezidentimiz har tomonlama rivojlangan, jismonan sog‘lom va ma’naviy barkamol avlod tarbiyasiga O‘zbekistondagi ustivor vazifa sifatida qarab kelmoqda.
Jismonan har tomonlama rivojlanishning poydevori majbu­­riy ta’lim jarayonining barcha bo‘limlari(maktabgacha yoshdagilar, maktab yoshidagilar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim tizimi) da jismoniy madaniyat ta’limi, jismoniy tarbiya jarayoni tarzida uzluksiz yo‘lga qo‘yilgan va majburiy ravishda amalga oshiriladi.

Maktab yoshi “bolalik”, “ikkinchi bolalik”, “o‘smirlik” va “ilk yoshlik” davri deb nomlanib o‘quvchi jismini shakllanishi, rivojlanishi, jisman har tomonlama tayyorgarlik - kuchi, chidamliligi, chaqqonligi, tezkorligi, egiluvchanligi qisqa vaqt ichidagi keskin o‘zgarishlarini sodir bo‘lishi bilan kechadi. Bu davr katta yoshdalik va qarilik davridagi jismoniy holatini yoshiga munosib darajada, kasalliklarsiz, faqat fiziologik qarish bilan kechishiga tag zamin bo‘lib xizmat qiladi.


Jismoniy barkamollikga zamin tayyorlash faqat jismoniy rvoj langanlik va jismoniy tayyorgarligini yaxshilash, uni o‘z yoshi talablari darajasida ushlashni bilishdek, o‘quvchilik davrida egallagan jismoniy bilimlari bilan bog‘liq.

Download 47.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling