1 – Mavzu: Kirish. O’quv amaliyoti maqsadi va vazifalari bilan tanishish
Download 15.96 Kb.
|
1 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- ➢ Elektr va elektromexanik uskunalarni texnik tartibga solish;
- ➢ Standartlarning toifalari va turlari;
- ➢ Texnik reglamentlarning talablari;
1 – Mavzu: Kirish. O’quv amaliyoti maqsadi va vazifalari bilan tanishish. Amaliyot mashg‘ulotining maqsadiElektr va elektromexanik uskunalarning texnik reglamenti talablari va ularni tartibga solish ishlarini tashkil qilish, shuningdek, elektr va elektromexanik uskunalarni sifat nazorat qilishda o‘lchov xatoliklari, xatoliklarning tasnifi, ularni aniqlash va bartaraf etish usullari haqidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.➢ Elektr va elektromexanik uskunalarni texnik tartibga solish;➢ Mahsulot sifatini baholash, sifatni oshirishning asosiy usullari, sifatni oshirishda standartlashtirishning roli;➢ Texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish o‘rtasidagi bog‘liqlik;➢ Standartlarning toifalari va turlari;➢ Texnik jihatdan tartibga solishga asoslangan mahsulot sifatini ta’minlash tamoyillari;➢ Texnik jihatdan tartibga solish tamoyillari.➢ Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari;➢ Texnik reglamentlarning talablari;➢ Umumiy va maxsus texnik reglamentlar;➢ Elektr va elektromexanik uskunalarni sifat nazorati;➢ O‘lchov xatoliklari, xatoliklarning tasnifi, ularni aniqlashElektr energiyasi energiyaning xalq xo‘jaligida foydalaniladigan asosiy turi hisoblanadi. Elektr energiya ishlab chiqaradigan va uni iste’mol qiladigan elektr mashinalari elektr sistemaning asosiy qismini tashkil etadi. Quvvati bir necha vattdan o‘nlab va hatto yuzlab megavattgacha bo‘lgan elektr mashina toyyorlash mumkinligi undan sanoat, transport va qishloq xo‘jaligini elektrlashtirishda asosiy ish mashinasi sifatida foydalanishga imkon beradi. Xo‘jalikning turli sohalarida iste’mol qilinadigan elektr energiyasining ko‘pgina qismi mashina, mexanizm va stanoklarni harakatga keltirish uchun yana mexanik energiyaga aylantiriladi. Elektr energiyasi elektr motorlari deb ataladigan mashinalar yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi. Elektr mashinalaridan, asosan (bevosita), generatorlar yoki motorlar sifatida foydalaniladi. Shuningdek, elektr mashinalaridan elektr signallarining quvvatini kuchaytirishda ham foydalaniladi. Bu tasnifga muvofiq, elektr mashinalari bir-biridan ham ishlash prinsipi, ham konstruksiyasi jihatidan farq qiladi. Ishlab chiqarish faoliyatining hamma sohalarida elektr mashinalarining keng tarqalganligi, ularning turli ish sharoitlariga va qo‘yiladigan talablarga mos keluvchi ko‘pdan-ko‘p konstruktiv formalarining ishlab chiqilishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida elektr va elektromexanik uskunalarni texnik ekspluatasiya qilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida “Elektr va elektromexanik uskunalarning texnik reglamenti va sifatini nazorat qilish” o‘quv amaliyoti fanining nazariya asoslarini o‘rganish, qanchalik dolzarb va ahamiyatli ekanligini belgilab beradi. Fanning o‘zlashtirish orqali o‘quvchilarga o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr mashinalariga doir masalalarini yanada chuqurroq tushunish va bu masalalarga yechim topishiga imkoni beradi. Download 15.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling