1- мавзу: Кириш


Download 51.5 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1304041
Bog'liq
6-ma\'ruza


6-MAVZU: AVTOMOBILNI CHORRAHALARDA VA PIYODALAR O‘TISH JOYIDA BOSHQARISH

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, barcha YTHning 10 % dan 40 % gachasi bir sathda joylashgan kesishmalarda sodir etilar ekan.


Avtomobillarning eng ko‘p manyovri (o‘ngga, chapga va orqaga qayrilish) chorrahalarda amalga oshiriladi. Chorrahaga yaqinlashib kelganda transport oqimining harakatlanish tartibi (rejimi) o‘zgaradi, chunki boshqa haydovchilarni o‘z vaqtida kerakli qatorga o‘tib olmaganligi sababli haydovchilarga boshqa haydovchilarning xatti-harakatlari noaniq bo‘ladi.
Yonlama ko‘rinish masofasi, chorrahadagi yo‘llarning qo‘shilish radiuslari, harakatlanish yo‘laklarining soni, harakat jadalligi va boshqa omillar ham YTHning sodir bo‘lish ehtimoliga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Transport oqimining chorrahadagi harakatlanish trayektoriyasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu trayektoriyada oqimning bir-biriga qo‘shilishi, ayrilishi va kesishishi mumkin ekan. Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, YTH asosan ana shu joylarda, ya’ni nuqtalarda sodir bo‘ladi. Shuning uchun chorrahadagi ayrilish, quyilish va kesishish nuqtalari – “ziddiyatli nuqtalar” deb ataladi.
Sanab o‘tilgan ziddiyatli nuqtalarning harakat xavfsizligi uchun ta’siri bu manyovrlarni bajarishning murakkablik darajasidan kelib chiqadi.
Ayrilish manyovrini bajarmoqchi bo‘lgan haydovchi chorrahaga yaqinlashib kelganda tezlikni kamaytiradi. Avtomobilning tezligi orqadan kelayotgan avtomobilning tezligidan katta farq qilmaydi (tezlik ko‘proq burilish radiusining o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi).
Transport oqimiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan avtomobil haydovchisi chorrahaga yaqinlashganda tezlikni kamaytirib, oqimdagi ikkita avtomobil orasidagi masofaning xavfsiz qo‘shilishi uchun yetarli bo‘lsa, tezlikni sezilarli darajada kamaytirmasdan, manyovrni tugallaydi. Aks holda, u avtomobilni ma’lum muddatga to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
Ziddiyatli nuqtalardan eng xavflisi – bu kesishuv nuqtalaridir. Haydovchi chorrahadan o‘tish uchun unga yaqinlashganda yon tomonidan kelayotgan avtomobillarni kuzatishi, agar yon tomondan chorrahaga kirayotgan avtomobillar imtiyozga ega bo‘lsa, to‘xtab, ularni o‘tkazib yuborishi kerak. Bu manyovrda eng asosiy omil yonlama ko‘rinish masofasidir.
Ziddiyatli nuqtalarning xavfliligini besh ballgacha bo‘lgan mezon bilan baholash qabul qilingan. Chorrahadagi ziddiyatli nuqtalarning soni, chorrahaning murakkabligi undagi harakatlanish yo‘laklarining soniga, chorrahaning turiga, harakatning boshqarilishi yoki boshqarilmasligi va chorrahada ruxsat etilgan manyovrlarga bog‘liq bo‘ladi.
Chorrahalarning murakkabligini baholash va ziddiyatli nuqtalar sonini kamaytirish usullari shu fan bo‘yicha maxsus kurslarda o‘rganiladi.
Ushbu kurs chorrahaga yaqinlashayotganda xatti-harakatlarni ko‘rib chiqish bilan cheklanadi.
Chorrahalarda xavfsizlik ta’minlanishining eng birinchi sharti yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilishdan iboratdir.
Chorrahaga yaqinlashayotgan haydovchi, avvalo, yo‘l belgilari va chiziqlariga e’tiborini qaratishi kerak.
Chorrahaga haydovchi asosiy yo‘ldan kirib kelayotgan bo‘lsa, hushyorlikni yo‘qotmasligi lozim.
Chorrahaga yaqinlashayotganda bulardan tashqari, haydovchi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak, ya’ni orqadagi ko‘rish oynasiga qarashi, keyin ogohlantiruvchi ishoralarga va xavfsizlik ta’minlanishiga ishonch hosil qilgach, mo‘ljallangan manyovrni bajarishi lozim.
Chorrahadan o‘tishda quyidagicha xatti-harakatlar amalga oshiriladi: kerakli harakatlanish yo‘lagiga o‘tish, xavfsiz tezlikni tanlash, o‘ngga va chapga qarash, harakat uchun xavf bor bo‘lsa, avtomobilni to‘xtatishi kerak.
Demak, chorrahalardan o‘tishda haydovchiga o‘z xatti-harakatlarini quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya etish mumkin.
Haydovchining tartibga solinmagan va solingan chorrahalardan o‘tish tartibi yo‘l harakati qoidalarida bayon qilingan. Bu yerda chorrahalarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar va haydovchilarning amalga oshirishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlari ko‘rib chiqiladi.
Chorrahalar harakatining tartibga solinishi yoki solinmaganligi uch turga bo‘linadi:
– tartibga solinmagan chorrahalar;
– vaqtincha tartibga solingan chorrahalar;
– tartibga solingan chorrahalar.
Bugungi kunda faqat jadalligi kichik bo‘lgan sodda chorrahalardaginaharakatni tartibga solmaslikka ruxsat etiladi.
Chorrahada harakatni svetofor yordamida boshqarish shartlarining mezonlari maxsus kurslarda o‘rganiladi.
Haydovchilar uchun harakatlanish davrida eng xavfli bo‘lgan joylar – bu piyodalarning o‘tish joylari va ularning to‘planishi mumkin bo‘lgan joylar (teatrlar, savdo do‘konlari, muassasalar, tashkilotlar, zavodlar va boshqa shunga o‘xshash joylar).
Haydovchilar piyodalar to‘plangan joylarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun piyodalarni bosib ketish hodisalari va shu hodisaga olib kelgan sabablarni hamda ko‘p uchrab turadigan xavfli holatlarni va bunday holatlarda qanday xatti-harakatlar qilish kerakligini bilishlari kerak.
Piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi piyodaning sabr-toqatini yaxshi bilishi kerak. Piyodalar yo‘lni kesib o‘tishda 30 sekund davomida transport vositalarini o‘tkazib yuborishga sabr qilib turishi mumkin.
30 sekunddan keyin sabri tugagan piyoda harakat taqiqlanganiga qaramay yaqin kelib qolgan avtomobilning oldidan yo‘lni kesib o‘tishga harakat qiladi (39-rasm).
Piyodalarning eng ko‘p tarqalgan salbiy odatlaridan biri, bu ularning xatti-harakatlarining noma’lumligidir. Yo‘l yoqasida to‘xtab turgan piyoda to‘satdan harakatni orqaga yoki oldinga boshlab yuborishi (har xil tezliklarda) oqibatida ham ko‘pgina YTH sodir bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi holatlar va piyodalarni bosib ketish hodisalari bolalar bilan sodir bo‘ladigan YTHga ham taalluqlidir.
Bolalar bilan sodir bo‘ladigan YTHning oldini olish uchun haydovchi quyidagilarni bilishi va zarur ehtiyot chorasini ko‘rishi kerak:
1. Bolalar to‘planib turgan joyda signal berish, tezlikni kamaytirish va hushyorlikni oshirish.
2. Bolalar to‘plangan joyda ulardan biri yoki bir nechtasi to‘pdan ajralib chiqib, yo‘lning qatnov qismida to‘satdan paydo bo‘lib qolish ehtimoli.
3. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yo‘l-transport vaziyatini to‘g‘ri baholay olmasligi va hokazo.


Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling