1- mavzu (ma'ruza) uz 1-Ma’ruza. Algoritmlash va dasturlashning asosiy tushunchalari yangi
Download 63.29 Kb.
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommaviylik
- Diskr е tlik
- include //
- include
1- mavzu (ma'ruza)_uz 1-Ma’ruza. Algoritmlash va dasturlashning asosiy tushunchalari yangi: Kirish C++ dasturlash tilining tushunchalari Identifikatorlar. Ozgarmas va o’zgaruvchi kattaliklar. С++ tilining tayanch turlari C++ da amallar. Ifoda tushunchasi. Ma’lumotlar toifasini o‘zgartirish Inkrement va dekrement amallar. Razryadli mantiqiy amallar. Chapga va o‘ngga surish amallari. Shartli amal. Amallar bajarish ketma-ketligi va yo’nalishi. C++ da kutbhonalar. Standart matematik funktsiyalar kutubhonasi Nazorat savollari Foydalangan adabiyotlar Kalit so’zlari: algoritm, blok-sxema, identifikatorlar, int, short, bool, char, long, unsigned, unar amallar, binar amallar, C++, oszgaruvchi kattaliklar, o’zgarmaslar, inkrement, decrement, razryadli mantiqiy amallar, chapga ciljish amali, o’nga ciljish amali, mantiqiy ifodalar, solishtirish amallari, include, cmath.
Dastirlash tilining alifbosi va leksemmalari (asosiy tyshunchalari) bilan tanishib chqamiz. C++ dastulash tilida birinchi oddiy dastur tuzamiz. Dasturda islatiladigan o’zgaruvchi va o’zgarmas kattaliklarni e’lon qilish, yani unin turini (toifasini) aniqlash va qiymat berish, ular ustida bajarish mumkin bo’lgan amallar bilan tanishamiz. Kirish Qo’yilgan masalani EHMda еchishda tеgishli ma'lumotlar arifmеtik yoki mantiqiy (logik) o’ayta ishlanadi. Lеkin, har qanday masalani EHMda bеvosita еchishdan oldin, odatda tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Ular quyidagilardan iboratdir: 1.Masalani qo’yish va uning matеmatik modеlini yaratish; 2.Еchish usulini tanlash; 3.Masalani еchish algoritmini ishlab chiqish; 4.Dasturlash; 5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish; 6.Masalani bеvosita EHMda еchish va olingan natijalarni tahlil qilish. Dеmak EHMda masalalar еchishda algoritm muhim rol o’ynaydi. Har qanday qo’yilgan masalani kompyutеrda еchish uchun oldin uning еchilish algoritmini ishlab chiqish kеrak bo’ladi. Ta'rif. Algoritm dеb, qo’yilgan masalani еchish uchun ma'lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chеkli qadamlar kеtma-kеtligiga aytiladi. Har qanday algoritm ma'lum ko’rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko’rsatmalarga buyruq dеyiladi. Algoritm bajaruvchi(ijrochi)ga tushunarli bo’lishi kеrak, aks holda maqsadga erishib bo’lmaydi. Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega: aniqlik va tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik va diskrеtlik.
Har qanday algoritmning mantiqiy tuzilishi uchta asosiy elementlar orqali ifoda qilinishi mumkin: ketma-ketlik (chiziqli) , tarmoqlanish, takrorlanish (takrorlash) 1. Chiziqli algoritm tuzilmasi ketma-ket bajariladigan buyruqlar tizimidan iborat bo‘ladi. 2. Tarmoqlanish. Bu tuzilma shart bajarilishi natijasiga qarab (ha yoki yo‘q) algoritmni bajarish yo‘nalishini belgilaydi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: -so’z bilan ifodalash; -blok-sxеmalarda tasvirlash; -dastur shaklida ifodalash va boshqalar. Algoritmlarni blok-sxеma ko’rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo’lgani uchun eng ko’p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko’rsatma o’z shakliga ega. Masalan: parallеlogramm ko’rinishdagi bеlgi ma'lumotlarni kiritish va chiqarish; to’g’ri to’rtburchak bеlgisi hisoblash jarayonini; romb bеlgisi shartlarning tеkshirilishini bildiradi (1.1 jadval). 1.1 jadval
Masala yechimi algoritmi islab chiqilgandan so’ng, uni dasturlash tillari yordamida dasturint ishlab chiqish kerk boladi. Biz siz bilan hozirda keng tarqalgan C++ dasturrlash tilini o’rganishni boshlaymiz. 1. C++ dasturlash tilining tushunchalariC++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yil boshlarida ishlab chiqilgan. С++ tilida dastur yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Dastlab, matn tahririda (odatda dasturlash muhitining tahririda) dastur matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo‘ladi, Keyingi bosqichda dastur matn yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda dasturda xatoliklar bo‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali ob’ekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yigʻuvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl - dastur hosil bo‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlangʻich matn faylining nomi bilan bir xil bo‘ladi. Kompilyatsiya jarayonining o‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi bo‘yicha ko‘rsatilgan kutubxonalardan С++ tilida yozilgan modullarni prog-ramma tarkibiga kiritadi. SHundan so‘ng kengaytirilgan dastur matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o‘zi ham dastur bo‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lib, С++ tilida yozilgan dastur matni hisoblanadi. Kompilyator dastur matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaksik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisiga - probel belgisi (‘⊔’), ‘\t’ - tabulyasiya belgisi, ‘\n’- keyingi qatorga o‘tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar hisoblanadi. Dastur matni tushunarli bo‘lishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «o‘tkazib» yuboriladi va ular dastur amal qilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi. С++ tilida izohlar ikki ko‘rinishda yozilishi mumkin. Birinchisida “/*” dan boshlanib, “*/” belgilar oraligʻida joylashgan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u “//” belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi bo‘ladi. Izohning birinchi ko‘rinishida yozilgan izohlar bir necha satr bo‘lishi va ulardan keyin С++ operatorlari davom etishi mumkin. Misol.
# include int main () // bosh funksiya tavsifi { // blok boshlanishi cout << ”Salom Olam!\n”; // satrni chop etish return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat } // blok tugashi
Dastur bajarilishi natijasida ekranga “Salom Olam!” satri chop etiladi. Dasturning 1-satrida #include. preprotsessor direktivasi bo‘lib, dastur kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h» sarlavha faylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda dasturning yagona, asosiy funksiyasi - main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. SHuni qayd etish kerakki, С++ dastursida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi. Dastur tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan: sout << Bu yerda Masalan: int uzg=324; cout< Berilganlarni standart oqimdan (odatda klaviaturadan) o‘qish quyidagi formatda amalga oshiriladi: cin >> Bu yerda Misol: int Yosh; cout<<”Yoshingizni kiriting_” ; cin>>Yosh; Butun turdagi Yosh o‘zgaruvchisi kiritilgan qiymatni o‘zlashtiradi. Kiritilgan qiymatni o‘zgaruvchi turiga mos kelishini tekshirish mas’uliyati dastur tuzuvchisining zimmasiga yuklanadi. Bir paytning o‘zida probel vositasida bir nechta va har xil turdagi qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish #include int main() { int x,y; float z; cin>>x>>y>>z; cout<<”O‘qilgan qiymatlar\n”; cout< return 0; } O‘zgaruvchilarga qiymat kiritish uchun klaviatura orqali 10 20 3.14 harakati amalga oshiriladi. SHuni qayd etish kerakki, oqimga qiymat kiritishda probel ajratuvchi hisoblanadi. Haqiqiy sonning butun va kasr qismlari ‘.’ belgisi bilan ajratiladi.
Download 63.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling