1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot
Download 148 Kb.
|
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chingizxon istilosi .
1- Mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot. Reja:
Chingizxon istilosi. Jaloliddin Manguberdi jasorati. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va harbiy yurishlari. Amir Temur vafotidan so‘ng Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot. Chingizxon istilosi. 1215 yili Chingizxon shimoliy Xitoyda erishilgan gʻalabalarni mustahkamlab, oʻz etiborini gʻarb tomon qaratadi. 1219 yili u Sharqiy Turkiston va Yettisuvni ishgʻol etishni tugallaydi. 1219 yili Chingizon katta va mustahkam qalʼa boʻlgan Oʻtrornga yurish qiladi. 5 ming kishilik askar Sirdaryo boʻlab Binkat va Hoʻjand shaharlariga yuborilgan. Chingizxonning oʻzi esa asosiy kuchlar bilan suvsiz dashtlar boʻylab qisqa yoʻl orqali Buxoro tomon yoʻl oladi. 1220 yilning fevralida Buxoro ishgʻol etiladi. Chingizon shaharni oʻz askarlariga talon-taroj qilish uchun topshiradi. Buxoroning ayanchli taqdiri haqidagi mashʼum xabar tez orada butun Movarounnahrga yoyiladi. Aholi qoʻrquv va tahlikaga tushadi. Chingizxon Samarqandga tomon yo‘l oladi va 1220-yilning mart oyida Movarounnahming eng mashhur va yirik shahriga yaqinlashadi. Chingizxon shahardan tashqarida joylashgan Ko‘ksaroy qasridan turib shahami qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida uch kun shiddatli janglar davom etadi. Mo‘g‘ullar Samar- qandning bosh suv inshooti — Qo'rg'oshin novani buzib tashlab, shahami suvsiz qoldiradilar. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron qiladilar. Shahristondan aholi haydab chiqariladi va Samarqand talanadi. Mamlakat sultoni Muhammad Xorazmshoh 30 minglik mo‘g‘ul qo‘shinining ta’qibidan zo‘rg"a qutulib, Eronga qochadi. So‘ngra Kaspiy dengizining janubidagi Ashura oroliga borib joylashadi. Qo‘r quv domiga tushgan, o‘z kuchlariga ishonchini butunlay yo‘qotgan Xorazmshoh o'g'li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlab, orolda xor-zorlikda, g‘ariblikda kasallanib vafot etadi. 1220 yilning aprelida moʻgʻillar Xoʻjandni ishgʻol etadilar. Sirdaryo yaqinida ular Benakentni zabt etadilar. Xoʻjand hukmdori Temur Malik moʻgʻillarga qarshi mardonavor kurash olib boradi. U oʻzining kam sonli askarlari bilan yoʻl-yoʻlakay jang qilib Urganchga yetib keladi. 1220 yilning yoziga qadar Movarounnahrning sharqiy va markaziy qismi moʻgʻillar tomonidan bosib olinadi. Xorazmshoh qochadi. U Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻidagi orolda vafot etadi. Urganchda Temur Malik qisqa vaqt davomida xalq lashkarlariga boshchilik qiladi. U uchiga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib boradi. 1220 yilning kuzida Chingizon hamla bilan Termezni ishgʻol tadi. 1221 yilning qishida Urgench qamali boshlanadi. Shahar aholisi dushmanga qahramonlarcha qarshilik koʻrsatadi. Urgench taslim boʻlishidan avval Balx va Marv shaharlari zabt etiladi. 1221 yilning yoziga qadar butun Markaziy Osiyo hududi moʻgʻillar tasarrufiga oʻtadi.
Download 148 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling