1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot


Download 148 Kb.
bet15/18
Sana05.01.2022
Hajmi148 Kb.
#211056
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar

MADANIY HAYOT

Kitob san`ati


XV asrda kitobat san'ati, ya'ni qo`lyozma asarlarni ko`chirib yozish va u bilan bog`liq bo`lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san'ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi. Bu davr nafis kitob va xattotlik sarTati taraqqiyotida yangi bir bosqich bo`lib, mohir san'atkorlarni yaratdi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini ko`paytirish og`ir mehnat va ko`p vaqt sarf etiladigan nihoyatda mushkul ish bo`lgan. Har bir kitob qog`ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to bo`yoqlari-yu zarhaligacha ma'lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo`lish uchun uzoq vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland, ijodkor kishi bo`lishi lozim edi. Mohir xattotlar o`z usuli va uslubini shogirdlariga o`rgatardi. Shu tariqa xattotlik arTanalari davom ettirilar va rivojlantirilar edi.

Bir necha kasb-hunar sohibining uzoq va mashaqqatli mehnati bilan bunyod etilgan nafis kitob oz nusxada bo`lib, bahosi qimmat bo`lar edi. Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta'liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa'diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko`chiradi. Sultonali tomonidan ko`chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko`pgina qit'alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o`ymakorlik san'atida ham mohir bo`lgan. Husayn Boyqaroning "Bog`i Jahonoro" bog`idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabr toshidagi lavha Sultonali tomonidan o`yib bitilgan. U xattotlik san'ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy "Qiblat ul-quttob" (Kotiblar qiblasi) va "Sulton ul-xattotin" (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.

Samarqand va Hirotda maxsus saroy kitobxonalari tashkil etilgandi. Kitobxona ishlariga kitobxona dorug`asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo'1 ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug`bekning ukasi Boysung`ur kitobxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo`lyozma asarlardan nusxalar ko`chirish va ularni bezash bilan'band bo`lgan. 1429-yilda bu kitobxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur "Shohnoma" dostoni ko`chirtirilib, u 20 ta turli mazmtin Va manzarali rangdor miniatyralar bilan bezatilgan.

Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g`amxo`rlik qiladilar.



Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling