6- Mavzu: Sonlarning 2 ga , 5 ga, 10 ga bo'linish belgilari
33) Sonlarning 2 ga bo'linish belgisini ayting?
Oxirgi raqami 0 yoki juft bo`lgan sonlar 2 ga qoldiqsiz bo'linadi.
Masalan: 1) 12, 28, 336 larning oxirgi raqami juft; 4570, 390 larning oxirgi raqami nol shuning uchun bu sonlar 2 ga qoldiqsiz bo'linadi.
2) 5687, 25211, 489 larning oxirgi raqami toq shuning uchun bu sonlar 2 ga qoldiqsiz bo'linmaydi.
34) Sonlarning 5 ga, bo'linish belgisini ayting?
Oxirgi raqami 0 yoki 5 bilan tugaydigan sonlar 5 ga qoldiqsiz bo'linadi.
Masalan: 450, 390, 60 larning oxirgi raqami nol; 175, 4985 larning oxirgi raqami 5 shuning uchun bu sonlar 5 ga qoldiqsiz bo'linadi.
35) Sonlarning 10 ga bo'linish belgisini ayting?
Oxirgi raqami 0 bo'lgan sonlar 10 gа qoldiqsiz bo'linadi.
Masalan: 450, 390, 200 larning oxirgi raqami nol shuning uchun bu sonlar 10 ga qoldiqsiz bo'linadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |