0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 bular arab raqamlari deyiladi. (ular o`nta)
4) 0 natural sonlar qatoriga kiradimi?
0 natural son emas , lekin u natural sonlarni yozishda ishlatiladigan raqam.
5) Eng kichik natural son qaysi
Eng kichik natural son 1.
Eng katta natural son mavjud emas .
6) Ko`p xonali natural sonlarni o`qish va yozishning qanday usulini bilasiz ?
Ko`p xonali natural sonlarni sinflarga ajratib o`qish usuli.
Sonlar sinflarga ajratilsa ularni o`qish va yozish qulay bo`ladi.
7) Sinf nomlarini ayting?
1. Birlar 9. Septillionlar 1024
2. Minglar 103 10. Oktalonlar 1027
3. Millionlar 106 11. Nonalonlar 1030
4. Milliardlar 109 12. Dekalonlar 1033
5. Trillionlar 1012 13. Endekalonlar 1036
6. Kvadrillionlar 1015 14. Dodekalonlar 1039
7. Kvintillionlar 1018 15. Gugol 10100
8. Sekstillionlar 1021 16. Asankxeya 10140
8) Ko`p xonali sonlarni qanday qilib sinflarga ajratiladi? Biror sonni sinflarga ajratib ko`rsating.
Sonni sinflarga ajratish uchun sonning yozuvidagi raqamlarni o`ngdan chapga qarab guruhlanadi. Har bir guruhda uchtadan raqam bo`ladi. Bu guruhlar sinflar deb ataladi.
Misol : 48 203 360 034 008 000 590 060 478 sonini sinflarga ajrataylik .
Sonlarni sinflarga ajratish o`ngdan chapga qarab bajariladi.
Sonlar chapdan o`ngga qarab o`qiladi.
9) Eng kichik besh xonali va eng katta to`rt xonali natural sonlarni yozing
10)Berilgan natural sonni xona birliklari yig`indisi shaklida yozing ?
2983 = 2 • 1000 + 9 • 100 + 8 • 10 + 3 • 1= 2000 + 900 + 80 + 3
Do'stlaringiz bilan baham: |