3. Yulduzchalar o'rniga shunday raqamiarni qo'yingki, natijada hosil bo'lgan son 9 ga qoldiqsiz bo'linsin:
1) 235*; 2) 47* 2; 3) 5* 65; 4) *711; 5) 1**1.
8- Mavzu: Sonlarning 4 ga , 25 ga, 8 ga , 16 ga bo'linish belgilari
38) Sonlarning 4 ga bo'linish belgisini ayting?
Berilgan sonning oxirgi ikkita raqamidan tashkil topgan son 4 ga bo`linsa , yoki oxirgi ikkita raqam 0 bo'lsa, berilgan son ham 4 ga bo'linadi.
Masalan. 1692. 92 4 ga bo'linadi berilgan son ham 4 ga bo'linadi
39) Sonlarning 25 ga bo'linish belgisini ayting?
Oxirgi ikkita raqami 0 bo`lsa, yoki 25 gа bo'linsa, berilgan son ham 25 ga bo'linadi.
Masalan: 259500; 451625; 4892875.
40) Sonlarning 8 ga bo'linish belgisini ayting?
Oxirgi uchta raqami 0 bo`lsa, yoki 8 ga bo'linsa, berilgan son ham 8 ga bo'linadi.
Masalan : 2048; 2000; 25983256
41) Sonlarning 16 ga bo'linish belgisini ayting?
Berilgan sonning oxirgi to`rtta raqamidan tashkil topgan son 16 ga bo`linsa , yoki oxirgi to`rtta raqam 0 bo'lsa, berilgan son 16 ga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |