1- mavzu: O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi rivojlantirishning kontseptual asoslsri
Download 68.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu (2)
Ta’lim
turlari yetuk maqsadini ko‟zlaydi. Maktabgacha ta‟lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta‟lim muassalarida olib boriladi. - Umumiy o‟rta ta‟lim majburiy bo‟lib, u o‟quvchilarning fanlar asoslari bo‟yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim o‟zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‟quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni o‟zlashtirishi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishni ko‟zda tutadi. Ta‟lim bosqichi tugallanganidan keyin ta‟lim fanlari va ular bo‟yicha olingan baholar ko‟rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan attestat beriladi. - Qonunda o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟lim olish maqsadida har kim umumiy o‟rta ta‟lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‟qishning yo‟nalishini ixtiyor ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi takiklanadi. «Akademik litseylar va kasb-hunar bo‟yicha ishlash huquqini beradiga hamda bunday ish yoki ta‟limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‟ladigan o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi beradi». Akademik litseylar o‟quvchilar o‟zlari tanlab olgan ta‟lim yo‟nalishi bo‟yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‟rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‟nikmalarini o‟zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‟ladilar. Bu ko‟nikmalar o‟qishni muayyan oliy ta‟lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‟yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta‟lim standartlari doirasida o‟rta maxsus kasb-hunar ta‟limi beradi, o‟quvchilarni kasb hunar egallashiga imkoniyat beradi. - O‟zbekiston Respublikasida o‟rta maxsus kasb-hunar ta‟limi tizimida birmuncha o‟zgarishlar ro‟y berdi, O‟zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyul kuni “Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi qarori bilan Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligining Kasb-hunar ta‟limi markazi tugatildi. Kasb-hunar ta‟limi umumiy o‟rta ta‟lim negizida amalga oshirilishi nazarda tutildi. - Oliy ta‟lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturada amalga oshadi. Download 68.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling