1 – mavzu. “Pul va banklar” faniga kirish


Download 84.25 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi84.25 Kb.
#197846
Bog'liq
1 mavzu-1


1 – mavzu. “Pul va banklar” faniga kirish.

1.1. Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.

1.2. Iqtisodiy taraqqiyotda pulning roli.

1.3. Pulning barqarorligi va inflyasiya.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo‘lgan pul, kredit va banklar tizimida xam chukur o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga utish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning moxiyati va axamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.

Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:

- naqd pul va kredit emissiyasining o‘sishiga sabab nima?

- axoli qo‘lidagi pulning xarakatsiz turib qolishiga qanday qilib yul quymaslik mumkin?

- maxsulot ishlab chiqarishning o‘sishini a’minlamagan korxona (firma)larga kredit berilishiga yul kuymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?

- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?

- inflyasiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?

Xar bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli va axamiyati yana oshib boradi. Darxaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan.

Xar bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar baxosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda kilinadi.

Rivojlanishning birinchi bosqichlarda bular mis, bronza, temir bo‘lib almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o’rtasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Xozirgi vaqtda xam ba’zi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi[1] deb izohlangan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreit qimmatbaxo metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar o’rtasidagi kelishuvning maxsulidir deb o’qtirmokda.

[1] Самуэльсон П. Экономика , М.:1964, - 64 б.

Pulning kelib chiqish tarixi pulning evolyusion nazariyasi bilan ko‘prok bog‘liq. Tovar muomalasining evolyusion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini xar xil tovarlar o’ynagan. Xar bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat tarraqiyoti shu tovarlar ichidan ikki gurux tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular: birinchi extiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dexqonchilik va chorvachilikdagi mexnat taqsimoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayoninig yanada rivojlanishini taqozo kildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o‘zaro muloqotda bo‘lib, tovarning egasi o’z maxsulotini (mulkini) baholagan. SHu baxolash jarayoni biror ulchov birligi bulishini taqozo qilgan.

Inflyasiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish», «burtish», «ko‘pchish» degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan.

.

Inflyasiya va uning rivojlanishi aloxida olingan mamlakatda ma’lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Xozirgi davr inflyasiyasi, utgan davr inflyasiyasidan farq kiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyasiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida xarbiy xarajatlarni koplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib ketgan xolda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya’ni, xakikatda pul birligi uzida ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda kila boshlagan.



Xozirgi davr inflyasiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmoFining o‘sishi natijasida tovarlar baxosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Inflyasiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

1. Tovar va xizmatlar baxosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;

2. CHet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;

3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.

Inflyasiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

1. Tovar va xizmatlar baxosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;

2. CHet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;



3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Download 84.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling