1- mavzu: Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Tadqiqotning maxsus empirik metodlarini shartli ravishda 3 guruxga bo‘lish mumkin


Download 74.2 Kb.
bet7/9
Sana07.03.2023
Hajmi74.2 Kb.
#1245386
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazi

Tadqiqotning maxsus empirik metodlarini shartli ravishda 3 guruxga bo‘lish mumkin:
1. Ish harakatlarining natijaviy tafsilotini o‘rganish (xarakatlarni aniq bajarish,
sarflanadigan vaqt, ish unumi);
2. Biomexanik usullar;
3. Psixofiziologik usullar.
Ish xarakatlarining natijaviy ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan bog‘liq tadqiqotlarda, shu jumladan ularni o‘zlashtirish jarayonida xronometraj katta rol o‘ynaydi. Ish me’yori, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyotlarining turli davrlarida vaqt me’yori, ish tartibotini aniqlash, shuningdek, harakatlarning vaqtinchalik tuzilmasini o‘rganish, talabalarning tayyorgarlik darajasini baholash uchun xronometrajdan foydalaniladi.
Ish kunini tasvirga olish xronometrajning bir turi bo‘lib, unda ish kuni davomida yoki ishlab chiqarish amaliyoti davridagi barcha vaqt sarflari o‘lchanadi va tahlil qilinadi. Bu bilan ish vaqtining sarfi va uning sabablari, shuningdek ishni tashkil etishning holati ajratib ko‘rsatiladi. Xuddi shu maqsadlarda shuningdek o‘z-o‘zini tasvirga olish qo‘llanilib, unda talaba o‘z ishini o‘zi kuzatadi va olingan natijalarni maxsus kuzatish varaqasiga kiritadi.
Biomexanik metodlar – bu ish harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini o‘rganishdir: ularning mukammallik darajasi, talabaning asbob, dastgoh va hokazolar bilan o‘zaro kuch ta’siri, asbob va qo‘l harakatining kinematikasi va boshqalar aniqlanadi.
Tarixiy ilk biomexanik metodiga siklogramma kiradi. Siklogramma harakat elementlarining ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligini o‘zida aks ettiradi. Siklogrammametodlarida asboblarga, qo‘l yoki oyoqlarga elektrik lampochkalar biriktiriladi. Ishchi jarayoni fotoapparat bilan suratga olinadi. Fotoplastinkada lampochka tasvirining yorug‘ nuqtalar ko‘rinishida qolgan izi mos ravishdagi harakat traektoriyasini beradi. Olingan traektoriyaning tahlili harakatning tezligi, tezlanishi, yo‘nalishi va boshqa tashkil etuvchilarni aniqlash imkonini beradi.
Psixologik metodlar o‘quv va mehnat faoliyati jarayoni natijasida inson organizmining turli organlari funksional holatini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Bulardan elektromiografiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng qo‘llaniladi.

Download 74.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling